Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun 6,2 trln so‘m yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi
O‘zbekistonda oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun shu yilning o‘zida 6,2 trillion so‘m yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha:
- Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan meva-sabzavotchilikning aylanma mablag‘lari uchun 700 milliard so‘m ajratiladi;
- aholiga berilgan yerlarda ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard so‘m beriladi.
1 apreldan 130 million dollar mablag‘ banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorlarga ajratiladi. Bunda bank ustamasi bo‘lmaydi va tadbirkor bozorga qaraganda ancha arzon kredit olish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu mablag‘lar mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va xarid qilish, texnika sotib olish uchun 10 yilgacha 14 foizdan ajratiladi.
Intensiv bog‘ va tokzorlar, logistika obektlari tayyor qurilib, tadbirkorlarga lizingga beriladi. Endi, tadbirkor 20 foizini oldindan to‘laydi, qolgan 80 foizini 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘laydi.
Bunda tadbirkorlar o‘z loyihalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligining shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi moliyalashtiradi.
Mavzuga oid
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
18:38 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuzildi. Unga Azizbek Urunov rais bo‘ldi
07:47 / 15.04.2026