Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:33 / 23.03.2023
10428
2 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat inflatsiyasini 10 foiz chegarada ushlab turish bo‘yicha topshiriq berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga:
- aholiga bo‘lib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar hisobidan 5 million tonna qo‘shimcha mahsulot yetishtirishni ta’minlash;
- iqtisodiy instrumentlarni ko‘paytirib, hokim yordamchilari tizimi orqali ushbu yerlarda kooperatsiyani rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash;
- dehqon va fermerlarga qulay bo‘lgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sug‘urtaning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish;
- ko‘p import bo‘layotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zimizda ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha 1,8 trillion so‘mlik 2 mingta loyihani ishga tushirish;
- bozorlardagi narx-navo o‘zgarishi va mahsulot kamayishini oldindan hisob-kitob qilish, oziq-ovqat inflatsiyasini 10 foiz chegarada qat’iy ushlab turish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:44 / 17.06.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
16:35 / 15.06.2026