Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Mudofaa vazirligi: Rossiyaning Baxmutga hujumi to‘xtadi
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Baxmutga keng ko‘lamli hujum qilishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, Rossiya ko‘proq mudofaaviy harakat uslubiga o‘tmoqda.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 25 mart, shanba kungi kunlik hisobotida ma’lum qilishicha, Rossiyaning Baxmutga olg‘a siljishi deyarli to‘xtab qoldi - bu, ehtimol, Rossiya kuchlarining haddan tashqari kuchsizlanib ketishi tufayli yuz beryapti.
Rossiya, aftidan, o‘z operativ e’tiborini Avdiyivka va Kreminna-Svatovo yo‘nalishiga qaratgan bo‘lib, u yerda faqat oldingi chiziqni barqarorlashtirish uchun harakat qilyapti. Bu 2023 yil yanvaridan beri keng ko‘lamli hujumni boshlash bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin ko‘proq mudofaaviy harakat sxemasiga qaytishdan dalolat beradi, deya xulosa qiladi Britaniya mudofaa vazirligi. Londonga ko‘ra, shaharni himoya qilish paytida Ukraina ham katta yo‘qotishlarga duch keldi.
Mamlakat razvedkasining alohida ta’kidlashicha, Rossiya uchun vaziyat Rossiya Mudofaa vazirligi va Baxmut hududida jang qilayotgan «Vagner» XHK o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan keskinlik tufayli yomonlashgan.
Bir kun avval Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Baxmut hududidagi vaziyat og‘irligicha qolayotganini, biroq ukrainalik harbiylarning «titanik sa’y-harakatlari» tufayli uni barqarorlashtirish mumkinligini aytdi.
Avvalroq Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina Qurolli kuchlari shahar hududida yaqin orada hujum boshlashini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Vagner» XHK Rossiyaning bu yo‘nalishdagi asosiy kuchi bo‘lib qolmoqda. «Hech narsani ayamay, ular sezilarli kuchini yo‘qotyapti va zaiflashib boryapti. Tez orada biz Kiyev, Xarkiv, Balakliya va Kupyansk yaqinlarida bo‘lgani kabi bu imkoniyatdan foydalanamiz», deb yozadi Sirskiy.
Mavzuga oid
15:36 / 17.11.2025
Pokrovsk uchun jangda Rossiya yangi taktikadan foydalanmoqda
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025