Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tomonidan ilgari surilgan loyiha Toşkent metropolitenida “Zöravonlik – madaniyatimizga begona” nomli tarğibot bannerlarini taşkil etdi.
Bannerlarda ayol-qizlarning zöravonlik, ularga nisbatan kuç işlatiş vaqtidagi nolalari aks etgan; şuningdek, ovoz tölqinlari ekvalayzerini anglatuvçi grafik tasvirlar va adras bezaklari uyğunlaştirilgan.
“Loyihaning asosiy maqsadi – sönggi yillarda özbekistonlik ayollarning zöravonlik qurboni bölayotgani haqida media manbalarda tez-tez uçrayotgan yangiliklar fonida unga jamoat joylarida ham e’tiborni kuçaytiriş, mavzuni yanada dolzarblaştiriş bilan birgalikda salbiy vaziyatlarning sonini ham keskin kamaytirişdan iborat”, – deyiladi Nolalar.com saytida.


“Ayollarga zöravonlik, u jinsiy zöravonlikmi yoki oiladagi zöravonlik, tazyiq – bu na e’tiqodga, na madaniyatimizga, na özbekçilikka, na erkakçilikka va na odamgarçilikka töğri keladi. Bugun mana endi qonunçilikka ham töğri kelmaydigan böldi”, – deya yozib qoldirdi loyiha jamoasi a’zosi, metrodagi bannerlar suratlarini e’lon qilgan Mirzayor Erkinov.
Özbekistonda oiladagi zöravonlik keng tarqalgan bölsa-da, bu haqda kam gapiriladi. Köp holatlarda oilada zöravonlikka uçraganlar turli sabablar bilan bu haqda sukut saqlaşga majbur böladi.

2021 yilda tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan 40 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berilgan bölsa, bu zöravonliklarning 87 foizi oilalarda sodir etilgan.
Guruhlarga bölinganda: 106 ta jinsiy, 234 ta iqtisodiy, 18 777 ta ruhiy, 13 658 ta jismoniy zöravonlik hamda 7 174 ta tazyiq holatlari aniqlangan.

















