Xotin-qizlar huquqlari haqida gap ketganda, nafaqat bu huquqlarni ta’minlash haqida, balki bu muammo qay darajada dolzarbligini tushuntirib borish ham muhim ahamiyatga ega.
Bu borada quyidagi raqamlarning o‘zi katta ma’noga ega: 2021 yida ichki ishlar organlariga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 39 343 ta murojaat kelib tushgan va shuncha xotin-qizni himoya qilish maqsadida himoya orderlari rasmiylashtirib berilgan.
Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning juda kam qismi tegishli joyga murojaat qilishi, ularning aksariyati qo‘rquv va boshqa sabablar bilan tazyiqlarga toqat qilishga majbur ekanini inobatga olsak, haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqoriligini anglash mumkin.
87 foiz ayol yaqinlaridan jabr ko‘rgan
Guruhlarga bo‘linganda: 106 ta jinsiy, 234 ta iqtisodiy, 18 777 ta ruhiy, 13 658 ta jismoniy zo‘ravonlik hamda 7 174 ta tazyiq holatlari aniqlangan. Eng yomoni, zo‘ravonlik holatlarining 34 330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan.
Demak, bir yilda taxminan 40 mingga yaqin ayol zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrab himoya orderi olishga majbur bo‘lyapti, ularning 87 foizi o‘z yaqin(lar)i jabridan panoh so‘ragan.
Aslida, har oy yoki bir-ikki oyda bir necha marta ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘il tug‘magani, ko‘p ovqat yegani yoki boshqa sabablar bilan ezilgan ayollar hikoyalari tarqaladi, omma esa ikki tomonga ajralib muhokamalarga tushib ketadi.
Umuman, ayollar huquqlari mavzusi nima sabab bilan ko‘tarilganidan qat’i nazar, bu muhokamalarni yoqtirmaydigan va nizolarga ayolning o‘zi ham sababchi ekanini uqtirishga urinadiganlar ko‘plab topiladi.
Buni tushunish uchun qiz bo‘lib tug‘ilish kerak

Bloger Shahnoza Soatova xotin-qizlar huquqlari kritik darajada himoyaga muhtojligini inkor etuvchilarga javoban, jamiyatda ayollar duch kelayotgan adolatsizlikni his etish uchun ayol bo‘lib tug‘ilish va bu tengsizlikni o‘z tanasida his etish kerakligi haqida post







