Sirdaryoda yangi qurilgan “dom”ning tom qismi o‘pirilib, xonadon ichiga tushdi
Yetti qavatli uyning tom qismi loyihada belgilanganidek emas, polietilen plyonkalar bilan yopilgan. Natijada namgarchilik o‘z so‘zini aytib, tom shifti 7-qavatda yashovchi xonadonning ichiga o‘pirilib tushgan. Xonadon egasiga boshqasiga almashtirib berilgan.

Sirdaryo viloyatida yangi qurilgan turar joyning tom qismi eng yuqori qavatdagi kvartira ichiga o‘pirilib tushdi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro yangi qurilgan uyning 7-qavatidan kvartira sotib olgan. Qurilish tashkiloti ushbu ko‘p qavatli uyni qurish jarayonida loyiha hujjatlariga o‘zgartirish kiritgan.
Nazorat qiluvchi tashkilotlarga ko‘ra, qurilish pudrat korxonasi ko‘p qavatli uyning tom qismini loyiha hujjatlariga asosan yopmagan. Tom qismini namdan saqlash uchun «Texnonikol XRR» materiali o‘rniga polietilen plyonkalar o‘rnatgach, tomdagi tuynuklar ochilmay qolgan. Natijada tom ostida nam par hosil bo‘lib, pastki qavat uylariga sizib kirgan va xonadonning tom qismi o‘pirilib tushgan.
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi masalani o‘rganib chiqdi. Boshqarma tomonidan qurilish pudrat korxonasiga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Ko‘rsatmaga muvofiq fuqaroga 4-qavatdan maydoni bir xil bo‘lgan o‘lchamdagi kvartira berildi”, – deyiladi ma’lumotda.
Qo‘mita qonunchilikka muvofiq, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi huquqlarini eslatib o‘tgan.
Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
- tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
- tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
- tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
- xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
- shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.
Avvalroq, Yangihayot tumanida mulkdorlar ko‘p qavatli uyning tom qismidan noqonuniy ravishda uy qurib olgani ma’lum qilingandi. Mulkdorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Jahon | 10:48
-
“O‘zbekgidroenergo” AJda zamonaviy andozalarga mos Vaziyatlar markazi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 10:30
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:06 / 17.04.2025
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi

15:51 / 16.04.2025