Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 17:29 / 29.03.2023
2545
1 daqiqa o‘qiladi
6 yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar amaliyoti turizm magistrali bo‘ylab joylashgan 31 ta tumanda tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yig‘ilishda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi. Viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta oliygoh bilan hamkorlikda ishlab, turizm obektlari to‘g‘risidagi kontentni boyitishi lozim bo‘ladi.
Ular:
- 31 ta tuman va ulardagi 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va turistik obektlari kontentini yaratadi;
- ular asosida kamida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqiladi;
- turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti shu tumanlarda tashkil etiladi;
- turizm va servis obektlari ishchilarini o‘qitadi.
Natijaga qarab oliygoh o‘qituvchilari va talabalari rag‘batlantiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
14:15 / 04.07.2026
Prezident O‘zgarish mahallasida aholi bilan suhbatlashdi
13:49 / 04.07.2026