Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy aviareyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakat turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviapark 44 taga yetdi. O‘tgan yili yangi Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga o‘tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo‘lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko‘paydi.
Lekin, ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temiryo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi. Shu munosabat bilan fuqarolik aviatsiyasi rahbarlariga:
yil yakuniga qadar 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyotlarni olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish;
aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga yetkazib, yillik yo‘lovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish;
1 maydan boshlab Vodiy – Urganch, Vodiy – Termiz, Vodiy – Buxoro, Vodiy – Samarqand, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda, aviachipta xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so‘m ajratiladi.
Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
14:15 / 04.07.2026
Prezident O‘zgarish mahallasida aholi bilan suhbatlashdi
13:49 / 04.07.2026