Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aprel-dekabr oylarida maoshidan tashqari 5 mln so‘m ustama oladigan o‘qituvchilar ro‘yxati e’lon qilindi
2023 yilning 9 oyi davomida qariyb 1700 o‘qituvchi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasidan ustama oladi.
O‘qituvchilarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun o‘tkazilgan sinovlarning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Sinovlar yakuniga ko‘ra, hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan 5 mingdan ortiq nomzoddan 1 ming 697 nafari vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama olish huquqini qo‘lga kiritgan. Ro‘yxat bilan bu yerda to‘liq tanishish mumkin (pdf).
Mazkur o‘qituvchilar 2023 yilning aprel-dekabr oylarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravarida, ya’ni 5 mln so‘m miqdorida har oylik ustama oladi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan, pedagoglar uchun tanlov o‘tkazilib, ular orasidan malakalilarini saralash va g‘olib bo‘lganlarga vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lash tartibi belgilangan.
Nomzodlar orasidan ustama to‘lanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqichda — zarur hollarda, nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari o‘tkaziladi;
2-bosqichda — umumta’lim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Suhbat o‘tkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026