Prezident Nukus yoshlar texnoparkiga bordi, teatrda madaniy tadbirda ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida yoshlar bilan uchrashdi, millatlararo totuvlikka bag‘ishlangan madaniy tadbirda ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus yoshlar texnoparkini borib ko‘rdi.
Bu majmua yoshlarning iqtidor va ko‘nikmalarini shakllanitirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan. Xususan, kompyuter savodxonligi, grafik dizayn, robototexnika, 3D modellashtirish, akseleratsiya kabi 9 ta yo‘nalishda yiliga 1 ming 500 yigit-qiz tahsil olishi mumkin. Buning uchun zamonaviy texnika, laboratoriya va ustaxona uskunalari o‘rnatilgan.
Hozirgi kunda o‘quv kurslari bitiruvchilarining g‘oyalari startap shakliga keltirilib, “Bo‘lajak olim”, “Technoways”, “Start4 Region” kabi tanlovlarga 50 ga yaqin loyiha topshirilgan. Shuningdek, “Orol dengizining qurg‘oqchil hududida urug‘chilik plantatsiyasini tashkil etish” mavzusida umumiy qiymati 955 million so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu dengizning qurigan tubidagi yerlardan foydalanish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirishga xizmat qiladi.
Davlat rahbariga yosh fermer va olimlarning quritilgan organik pomidor, oqova suvlarni tozalash va baliqlarga ozuqabop o‘simlik loyihalari haqida ma’lumot berildi. Yashil texnologiyalarga asoslangan bu loyihalar Yevropa davlatlarining sertifikatlariga sazovor bo‘lgan.
Prezident bu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga kengroq joriy etish kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida millatlararo totuvlikka bag‘ishlangan madaniy tadbirda ishtirok etdi.
Qariyb yuz yillik tarixga ega ushbu muassasa san’at rivojida, yoshlar tarbiyasi va aholining madaniy hayotida munosib o‘ringa ega. Oxirgi yillarda teatr joriy ta’mirlanib, asbob-uskunalar yangilandi. 2017 yilda unga akademik teatr maqomi berildi.
Davlat rahbari bu yerda yoshullilar, san’at sohasi vakillari bilan birga badiiy dasturni tomosha qildi. Prezident shu yerda qoraqalpog‘istonlik ijodkorlar, madaniyat sohasi vakillari bilan muloqot qildi. Badiiy dasturni yuqori baholadi.
Davlat rahbari milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi asarlarni ko‘proq qo‘yish, gastrollarga chiqib, yoshlarni teatrga qaytarish, madaniyatini boyitish muhimligini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
17:49 / 09.01.2025
Savitskiy nomidagi muzeyga yangi rahbar tayinlandi
14:07 / 08.01.2025
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga Iqtisodiyot va moliya vaziri tayinlandi
08:20 / 21.12.2024
Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
16:13 / 20.12.2024