Inson dunyoga kelar ekan, boşiga turli sinovlar tuşişi tabiiy hol. Kimlardir ana şu sinovlarga bardoş bera olmaydi. Boşqalar esa sabr qiladi va rohatini köradi.

Elektron poçtamga maktub yöllagan otaxon ham bir paytlar juda oğir sinovga duç kelib sabr qilgan insonlardan biri ekan.

«Oğir sinovga duç kelganimda xayolimga turfa yomon öylar ham kelgan. Hatto özimni öldirmoqçi ham bölganman. Biroq yaxşilab öylab körsam, Xudo bergan jonni faqat uning Özi olişga haqdor ekan. Öşanda jonimga qasd qilişim eng yomon iş bölişini anglab yetdim va barçasiga sabr qildim», deydi u maktubida.

Otaxonning yozişiça, u sovet davrida harbiy xizmatni Afğonistonda ötagan va uruşda qatnaşgan. Öşa yerda piyodalarga qarşi işlatiladigan minaga duç kelib, ortidan tuzalmas dard orttirib olgan ekan.

Öşanda bepuşt bölib qolgaç sevgan ayoli bilan ajraşişga majbur bölgan. Söng ikki bolasi bilan tul qolgan ayolga uylanib, uning farzandlarini tarbiyalagan ekan.

«1980 yilda örta maktabni tugatdim. Öşa paytda özimdan bir yoş kiçik mahalladoş qizni yaxşi körardim, biroq bu köz uriştirişdan nariga ötmasdi.

Biz tomonlarda qiz va yigitning sevişib uçraşib yurişi mutlaqo qabul qilib bölmaydigan holat sanalardi. Şu sababli yaxşi körgan qizimga hatto uni sevişimni ham ayta olmasdim. Qolaversa, u davrlarda hayo, ibo qizlarda ham, yigitlarda ham kuçli edi.

Maktabni bitirgan yilim harbiy komissariatga çaqirişdi. Tibbiy tekşiruvlardan ötdim. Baquvvat yigit edim. Töylarda kuraş tuşib yurardim, soğlom deb topişdi.

Biroz ötib harbiy xizmatga jönaş vaqti keldi. Öşa paytda Afğon uruşi boşlanganiga ikki yil bölgan, aksariyat yigitlarni öşa yoqqa jönatişayotgan edi.

Qişloğimizga uruş qurboni bölgan yigitning temir tobuti kelgan, şu sababli ota-onalar bolasini uruşga olib ketişlaridan xavotir qilib yaşardi. Bunday xavotir ota-onamda ham böldi.

Otam «odamini topib» bir-ikki söm xarajat qilib bölsa ham meni Afğonistonga emas, SSSRning boşqa şahriga xizmatga jönatişga urinib körmoqçi böldi.

U avval vaziyatni biliş uçun tuman harbiy komissariatiga borgan ekan, u yerdagilar «xavotir olmang, öğlingizni Afğonga jönatmaymiz» deyişibdi.

Otam harbiy komissariatdan xursand bölib keldi. Uyga qöni-qöşni, qarindoş-uruğ, barçani çaqirdi. Boqib qöyilgan qöçqorni söyib oş damlattirdi. Boyaqiş, «sörab keldim, öğlimni Afğonga jönatmas ekan», deb barçaga maqtanib çiqdi. Hamma xursand edi.