Jahon | 15:21 / 05.04.2023
20885
6 daqiqa o‘qiladi

Baxmutdagi «Da Vinchi bo‘rilari» va Zaporijjya oblastiga tushgan aviabomba. Urush suratlari

Ukrainada urushning 405-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Peterburgdagi portlashga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan Darya Trepova ikki oy muddatga — 2 iyunga qadar hibs qilindi. Kafedagi portlash oqibatida «voyenkor» Vladlen Tatarskiy halok bo‘lib, yana 33 kishi yaralangan.
  • Bu portlash uchun javobgarlikni «Milliy respublika armiyasi» o‘z zimmasiga oldi. «Bu aksiyani biz mustaqil tarzda tayyorladik va amalga oshirdik, bizda hech qanday aloqalar yo‘q va hech qanday xorijiy tuzilmalardan yoki maxsus xizmatlardan yordam olmaganmiz», — deyilgan tashkilot bayonotida.
  • Nijniy Tagilda FXX mudofaa-sanoat kompleksi korxonasida ishlovchi er va xotinni Ukraina foydasiga josuslik qilishda ayblab qo‘lga oldi. Ular «davlatga xiyonat»da ayblanmoqda.
  • AQSh Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.
  • Rossiya qo‘shini 4 aprelga o‘tar kechasi Odessa oblastiga Shahed kamikadze dronlari bilan hujum qildi. Odessa harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimi 17 drondan 14 tasini urib tushirgan.

Kun kadri. Chasiv Yardagi ukrain askari

Chasiv Yardagi ukrainalik jangchi zirhli transportyor lyukidan bosh chiqarib turibdi — bu shahar Donetsk oblastining Baxmut shahridan 13 kilometr g‘arbda joylashgan.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Baxmutda ukrainlarning «Volki Da Vinchi» bataloni jangchilari

«Volki Da Vinchi» (Da Vinchi bo‘rilari) — Ukraina QK quruqlik qo‘shinlari 1-alohida mexanizatsiyalashgan bataloni bo‘lib, 2014 yilda shturmchi rota sifatida tashkil topgandi. Batalon bunday nomni o‘z komandiri —  «Da Vinchi» laqabli ko‘ngilli Dmitro Kotsyubaylo sharafiga olgan, The New York Times nashrining 2021 yildagi maqolasida yozilishicha, u Avdiyivkadagi ofisida qo‘lga o‘rgatilgan bo‘ri saqlagan. 2021 yilda Kotsyubaylo hayotligida Ukraina Qahramoni unvonini olgan ilk ko‘ngilli bo‘lgandi.

Kotsyubaylo 7 mart kuni Baxmut uchun janglar chog‘ida halok bo‘ldi. Uning o‘limiga munosabat bildirar ekan, Volodimir Zelenskiy «Da Vinchi»ni «jasorat ramzi bo‘lgan inson» deb atadi. Ukrainaning NV nashri yozishicha, jangchining Kiyevdagi dafn marosimiga minglab kishilar kelgan, ular qatorida Ukraina prezidentidan tashqari Finlandiya bosh vaziri Sanna Marin, Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy hamda mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bor edi. Kotsyubayloning o‘limidan keyin batalonga kim rahbarlik qilayotgani ma’lum emas.

«Volki Da Vinchi» jangchilari Baxmutni qanday himoya qilayotgani quyidagi suratlarda.

«Volki Da Vinchi» bataloni jangchilari snaryadlarni ko‘zdan kechirmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Volki Da Vinchi» Baxmut atrofidagi pozitsiyasidan o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Horlivka yaqinidagi Nyu-York qishlog‘i atrofida ukrain pozitsiyalari

Nyu-York posyolkasi (2021 yilga qadar Novgorodskoye deb atalgan) frontbo‘yi shahar hisoblangan, rossiyalik harbiylar 2014 yildayoq egallab olgan Horlivka shahridan taxminan 30 kilometr masofada joylashgan. Nyu-Yorkning o‘zi Ukraina armiyasi nazoratida — va RF armiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutiladi.

Ukraina QKning 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasining «Yuzik» laqabli jangchisi Nyu-York yaqinidagi okoplar bo‘ylab harakatlanmoqda
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Nyu-York atrofidagi okopda quroldoshi bilan birga turgan «Yuzik»
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi aviabomba

Zaporijjya shahridan taxminan 50 kilometr janubi-sharqda joylashgan Preobrajyenka qishlog‘ida rossiyaliklarning portlamay qolgan FAB-500 aviabombasini ko‘zdan kechirayotgan qutqaruvchilar. Preobrajyenka so‘nggi bor 9 mart kuni o‘qqa tutildi, o‘shanda tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgandi.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar aviabombani zararsizlantirish uchun aholi yashash hududidan olib ketishmoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

O‘ldirilgan «voyenkor» Vladlen Tatarskiy Donetskdagi bilbordda 

Tatarskiy 2 aprel kuni kechqurun Peterburgdagi Street Food Bar № 1 kafesida (avval u Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan) o‘tkazilgan «ijodiy kechasi»da halok bo‘ldi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, tadbir chog‘ida gipsdan ishlangan byust ichiga o‘rnatilgan qo‘lbola bomba portlagan. Uni Tatarskiyga kechaga tashrif buyurgan muxlislardan biri topshirgandi. Gumonlanuvchi Darya Trepovani 3 aprel kuni qo‘lga olishdi. Rossiya hukumati bu hodisani terakt deb baholagan va u Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan «Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga aloqador shaxslarni jalb etgan holda» rejalashtirilgan. Ukraina tomoni va fond vakillari buni inkor etgan. Portlash uchun javobgarlikni «Milliy respublika armiyasi» o‘z zimmasiga oldi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid