AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi ajratyapti
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yangi 2,6 milliard dollarlik (2,3 milliard yevro) harbiy yordam paketini e’lon qildi.
AQSh Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, paket ikki qismdan iborat.
Birinchisi, 2,1 milliard dollarga (1,9 milliard yevro) Ukraina Xavfsizlik tashabbusi (USAI) tomonidan moliyalashtiriladi, u qurolni AQSh armiyasining zaxiralaridan olmaydi, balki ishlab chiqaruvchilarga buyurtma beradi. USAI doirasida Ukraina boshqa narsalar qatorida NASAMS mobil havo mudofaa tizimlari, havo kuzatuvi radarlari va tankka qarshi Javelin tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar oladi.
Qolgan mablag‘, birinchi navbatda, o‘q-dorilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, AQSh rahbariga favqulodda vaziyatlarda AQSh zaxiralaridan qurol taqdim etish imkonini beruvchi Qurollarni qisqartirish bo‘yicha prezident tashabbusi hisobidan keladi.
Yetkazib beriladigan texnikalar orasiga Patriot zenit-raketa tizimlari va HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar kiradi.
Pentagon rahbari Lloyd Ostinning so‘zlariga ko‘ra, yil davomida Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 32 milliard dollar (29,3 milliard yevro) miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan, ittifoqchilar tomonidan 20 milliard dollardan (18,3 milliard yevro) ko‘proq mablag‘ ajratilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024