Xorazmda mansabdorlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgani masalasi.
Töğri, ötgan kunlar davomida iş doirasida köplab masalalar oydinlaşib ulgurdi. Jamoatçilikning norozilik va e’tirozlaridan keyin iş qayta körilişi ham ma’lum böldi. Ammo mavzu borasida örganiş, tahlil qiliş lozim bölgan yana qator masalalar borki, Kun.uz muxbiri ana şu masalalarga oid savollarni bir qator jamoatçilik faollariga berdi.
Intervyu mehmonlari Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov, iqtisod fanlari doktori, professor, jamoatçilik faoli Barnogul Sanaqulova va advokat Jahongir Mutalipov böldi.
— Abdurahmon aka, Barnogul opa, Jahongir aka, hozirgi beradigan savolimga faoliyatingizdan kelib çiqib, har biringizda alohida javoblar borligi tabiiy. Intervyuga sizlarni taklif qilganim sababi ham şuki, masalaga turli tomondan fikr oliş va muammoning tub ildizlarini topiş.
Bu mehribonlik uylarida norasida qizlarning zörlanişi, toptalişi böyiça Özbekistondagi yagona holat emas. Biz şu paytga qadar Marğilonda, Qöqonda şu kabi işlar bölganini yaxşi bilamiz. Tergov izolyatorida bir neça qizlar homilador bölib qolgani, iş figurantlari hattoki katta-katta hokimlar bölganini bilamiz.
Xöş, davlatçilik, millat uçun şarmandali jirkançliklar nega töxtamayapti. Sabab, böşliq, ildiz qayerda?
Abdurahmon Taşanov:
— Bu işni ikki qismga ajratiş kerak. Birinçidan, jinoyatçiga nisbatan öta yengil jazo berilganligi jamoatçilik e’tiroziga sabab bölyapti. Buni qonunçilikdagi böşliqlar bilan malakalaş mumkin. Ikkinçidan, bu soha nega muammolardan çiqmayapti, degan savolga töğridan töğri davlat boşqaruvi va ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan malakalanadi. Umumlaştirib olsak, korrupsion omillar, qonunçilikdagi böşliqlar, an’ana şakliga kelib qolgan nimalardir bor. Bu illat sovet davrida ham bölgan, mustaqillikning dastlabki yillarida avj oldi, 2018/19/20-yillarda ham bunday noxuş holatlar böldi. Ya’ni bu yerda barça omillar bir-birini yetaklab kelaveradi.

Umuman, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida pedofiliya jinoyatlari alohida ajratilmagan. Masalaning oğir nuqtalaridan biri ham şu. Oilaviy zöravonliklar ham şunday. Saida Mirziyoyeva taşabbusi bilan oilaviy zöravonlikka oid qonun hujjati qabul qilinyapti, lekin bu hujjat ham töliq şaklda emas. Bu muammolar mamlakatning taraqqiyot darajasi, demokratlaşuvi yöli bilan boğliq. Xalqaro tajribada ötgan asrning 30-40-yillarida Yevropada ham bizdagi holat bölgan. Bu narsa iqtisodiy holat bilan ham boğliq, çunki har bir muassasaga pul ajratiş kerak va hokazolar.


















