Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi, elçixona hamda Migratsiya va Ijtimoiy himoya milliy agentliklari hamkorligida onasi vafotidan söng ota-ona qaramoğisiz qolib ketgan va Turkiyadagi bolalar uyiga joylaştirilgan voyaga yetmagan Özbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Turkiyadagi vatandoş mahalliy şifoxonalardan birida farzandli bölgan, biroq köp ötmay kasallik tufayli vafot etgan. Şundan söng çaqaloq bir neça yil davomida suriyalik va özbekistonlik ayollar tomonidan parvariş qilingan.
Bir muddatdan keyin ota-ona qarmoğisiz qolgan bola xolasiga topşirilgan. Ammo bolaning tuğilganlik böyiça heç qanday hujjati bölmagani sababli u davlat tomonidan majburiy ravişda Istanbul şahridagi bolalar uyiga joylaştirilgan.
Xolaning bolani vasiy sifatida öz qarmoğiga oliş talabi hujjatlar yöqligi sabab bolalar uyi ma’muriyati tomonidan rad etilgan. Keyinçalik Boş konsulxona va Elçixona tomonidan tegişli idoralar bilan olib borilgan muzokaralar hamda advokatlar jalb etilgan holda Turkiya sudi bolani xolasi qarmoğiga ötkaziş böyiça qaror çiqargan.
Muammoli masalalar hal etilgandan söng, yurtdoşlarimiz uçun “Vatanga qaytiş guvohnomasi” rasmiylaştirilib, ular Özbekistonga qaytarilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari bolaning yaşaşi, ta’lim-tarbiyasi va manfaatlari qonunçilik doirasida belgilangan tartibda ta’minlanişini ma’lum qildi.

















