Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yangi O‘zbekiston massivlarida uy-joy qurilishi va 2023 yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Davlat rahbari qurilish hajmlarini o‘z vaqtida ta’minlash har bir viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘sishiga katta turtki berishini ta’kidladi. Aholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratiladi.
Jumladan, ipoteka krediti va subsidiya bilan ko‘proq aholi qamrab olinadi:
- 1 maydan boshlab rasmiy daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi. Bunda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullari ham hisobga olinadi;
- dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- subsidiyaga ajratilgan mablag‘larni tezroq ishlatish uchun subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushiriladi. Ya’ni, bu muddat qisqartirilishi orqali subsidiyadan ko‘proq aholi foydalanishi uchun imkoniyat yaratilyapti.
Shu bilan birga, 4 oy davomida sertifikatidan foydalanmagan fuqarolarga subsidiya olish uchun yana qayta murojaat qilish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
14:15 / 04.07.2026
Prezident O‘zgarish mahallasida aholi bilan suhbatlashdi
13:49 / 04.07.2026
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
13:07 / 04.07.2026