Barcha tuman va shaharlarda havo ifloslanishini kuzatuvchi stansiyalar o‘rnatiladi
O‘zbekistonda hududlarning havo tozaligi reytingi tuzilib, shu asosda mansabdorlarga baho beriladi. Ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bog‘ va o‘rmonlar barpo etish uchun dastur asosida mablag‘ ajratiladi. Sanoat korxonalari to‘laydigan oqova uchun kompensatsiya miqdori oshiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Suv tozalash inshootlari
Rasmiy relizda aytilishicha, mamlakatdagi 500 dan ziyod korxonada suv tozalash inshooti standartga javob bermaydi, ba’zilarida umuman yo‘q. Kompensatsiya miqdori kamligi sababli, bunday texnologiya o‘rnatishdan ko‘ra, kompensatsiya to‘lash foydali bo‘lib qolgan. Shu bois me’yordan ortiqcha oqova uchun kompensatsiya to‘lovini oshirish taklifi bildirildi.
Shavkat Mirziyoyev ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.
Chiqindilar
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda yiliga 7 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lyapti. Shundan faqat 2 mln tonnadan ziyodi qayta ishlanadi. Qolgan chiqindilardan paydo bo‘layotgan issiqxona gazi
va sizot suvlar tabiatga zarar yetkazyapti.
Ohangarondagi eski poligonda chiqindidan 15 MW elektr energiyasi olish loyihasi boshlangan. Davlat rahbari bu tajribani kengaytirib, boshqa poligonlarda ham chiqindini qayta ishlash va muqobil energiya olishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
O‘rmon xo‘jaligi
O‘rmon xo‘jaligida daraxt bilan qoplangan hududlar atigi 8 foiz ekani aytildi. Ko‘chatchilikni rivojlantirib, cho‘llarda 221 ming gektar, tog‘ hududida 15 ming gektar o‘rmonlar barpo qilishga imkoniyat borligi qayd etildi.
Bunda, o‘rmonchilik sohasini rivojlantirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda tubdan yangi tizimni joriy etishga ko‘rsatma berildi. Jumladan, bog‘ va o‘rmonlarni barpo etish markaziy moliyalashtiriladigan manzilli dastur asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilandi.
Gidrometeorologiya
Gidrometeorologiya yo‘nalishida avtomatlashgan meteorologik stansiyalarni ko‘paytirish, gidrologik o‘lchov uskunalarini avtomatlashtirish, agrometeorologik xizmat bo‘yicha mobil ilovani ishga tushirish choralari belgilandi.
Bundan tashqari, har bir tuman va shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi. Shunga asosan, hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi.
Ekoturizm
Qayd etilishicha, tabiiy muhitni asrab-avaylagan holda, qo‘riqxona va pitomniklarda ekoturizmni, ov xo‘jaliklarida ovchilik turizmini rivojlantirish mumkin.
Shu bois tabiat maskanlariga sayyohlarni jalb qilish, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish uchun pitomniklar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida yangi tashkil etilgan Tabiat resurslari vazirligiga Aziz Abduhakimov rahbar etib tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:58
-
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi
Sport | 19:58
-
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

13:10 / 23.06.2025
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

15:50 / 06.05.2025
Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025