Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kipr Ukrainaga minalardan tozalashda texnik yordam taklif qiladi
Kipr Ukrainaga humanitar yordam doirasida minalardan tozalash sohasida texnik tayyorgarlikni taklif qiladi, deya ma’lum qildi mudofaa vaziri Mixalis Yorgallas.
«Biz minalardan tozalash va minalarni aniqlash bilan shug‘ullanadigan xodimlarni qabul qilamiz», dedi u Kiprning Sigma TV telekanali efirida.
Politics gazetasining yozishicha, taxminan 18 nafar ukrainalik zobitdan iborat guruh aprel oyining so‘nggi haftasida mashg‘ulotlar uchun Kiprga yetib boradi.
7 aprel kuni Kiprga tashrif buyurgan Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hududlarni ko‘zdan kechirish niyatida.
Avvalroq Ukraina uchun birinchi turdagi o‘q-dorilarni qo‘shma xarid qilish rejasi uzoq davom etayotgan kelishmovchiliklar tufayli to‘xtab qolgandi.
Yevropa Ittifoqi elchilari 5 aprel kuni ushbu mavzuni muhokama qilish uchun uchrashgan, biroq asosiy masalalardan biri bo‘yicha katta muvaffaqiyatga erisha olmagan, deb tan oldi muzokaralardan xabardor bir necha diplomat.
Bahsning asosi, deb yozadi Politico, o‘q-dorilarni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar faqat Yevropa Ittifoqi kompaniyalari bilan tuziladimi (va ularni qonuniy ravishda qanday aniqlash kerak) yoki ular uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilari uchun ham ochiq bo‘ladimi degan masalaga bog‘liq.
Fransiya pullar Yevropa Ittifoqi chegaralarida qolishi kerak degan fikrda, Gretsiya va Kipr Parijning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026