Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya prokuraturasi Meladzeni Ukraina Qurolli kuchlarini moliyalashtirish holati bo‘yicha tekshiradi
Rossiya Bosh prokuraturasi Moskva prokuraturasiga «Ukraina Qurolli kuchlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha» xonanda Valeriy Meladzega nisbatan tekshiruv o‘tkazish vazifasini topshirdi, deb yozadi TASS huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib.
«Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha federal loyiha» jamoat tashkiloti rahbari Vitaliy Borodin avvalroq mamlakat bosh prokurori Igor Krasnovga tegishli tekshiruv o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan.
Uning ta’kidlashicha, Meladze bir necha bor Ukrainadagi urushni tanqid qilgan, shuningdek, BAAdagi korporativ ziyofat paytida ukrainaliklarning taniqli shiorini jo‘r bo‘lib aytgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatlari boshlanganidan so‘ng Valeriy Meladze hech qachon bo‘lishi kerak bo‘lmagan voqea sodir bo‘lganini aytgandi.
«Tarix qachonlardir hammaga hukm o‘qiydi va hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi. Ammo bugun men sizlardan harbiy harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar stoliga o‘tirishingizni so‘rayman… Insonlar o‘lmasligi kerak», degan u.