Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 17:17 / 07.04.2023
7558
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda motosayyohlarning yurishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi
Toshkent shahrida 8 aprel kuni 20-motomavsum ochilishi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan motosayyohlarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi va poytaxtdagi bir necha ko‘chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi.
Ko‘chalar ro‘yxati:
- Cho‘ponota ko‘chasi yaqinidagi avtoturargohdan Yetti terak ko‘chasi bo‘ylab O‘zbekiston shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Yetti terak ko‘chasining O‘zbekiston shohko‘chasi bilan kesishmasidan shohko‘chaning Buxoro ko‘chasi kesishmasigacha (Kosmonavtlar metro bekati);
- Buxoro ko‘chasi Kosmonavtlar metro bekatidan Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Alisher Navoiy ko‘chasi - Buxoro ko‘chasidan Furqat ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Furqat ko‘chasi - Alisher Navoiy ko‘chasidan Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Furqat ko‘chasining Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasidan «Milliy» stadionining asosiy kirish qismi oldidagi maydonchagacha.

Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:57
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03
Toshkent shahri tarkibiga o‘tgan mahallalarda infratuzilma bo‘yicha birorta masala qolmasligi kerak - prezident
16:47