Harbiy maşğulotlarning ikkinçi kunida Xitoy Tayvan va unga tutaş suvlardagi asosiy nişonlarga aniq zarbalar beriş repetitsiya qilindi.
Pekin orol rasmiylarini «qat’iy ogohlantiriş» uçun ötkazayotgan maşğulotlar Tayvan prezidenti Say Invenning ötgan haftada AQŞga amalga oşirgan taşrifiga javob bölmoqda.
Xitoy qurolli kuçlari orolni qamal qilişni maşq qila boşlagaç, AQŞ Xitoyni tiyilişga çaqirdi.
Tayvan hukumati şanba kuni orol atrofida xitoyliklarning kamida 71 ta samolyoti uçgani haqida xabar bergan.
Ular şuningdek harbiy samolyotlarning 45 tasi yoki Tayvan va Xitoy hududlarini ajratib turuvçi norasmiy çegara vazifasini ötovçi Tayvan böğozidagi oraliq çiziqni kesib ötgan yoki Tayvan havo hujumidan mudofaa kuçlari harakatlanadigan hududning janubiy-ğarbiy qismiga kirgan.
Orol atrofidagi suvlarda xitoyliklarning töqqiz kemasi köriniş bergan. Pekin tomonidan «Qöşma ötkir qiliç» deb nom berilgan bu amaliyotlar duşanbaga qadar davom etadi.
Şanba kuni Taybeydagi mudofaa idoralari vakillari Pekin prezident Sayning AQŞga taşrifidan mintaqadagi tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikka jiddiy putur yetkazadigan harbiy maşğulotlar ötkaziş uçun bahona sifatida foydalanayotganini aytişdi.
Xitoy va Tayvan — 70 yillik duşmanlik tarixi
Maşğulotlarning birinçi kunida Tayvanga Xitoy hududidan kelişda joylaşgan Pintan oroli atrofida suzgan xitoyliklarning kemalaridan biri öt oçdi.
Sohil mudofaasini boşqaruvçi Tayvan Dengiz kengaşi e’lon qilgan videoyozuvda tayvanliklarning kemalaridan biri Xitoy harbiy kemasini kuzatayotgani aks etgan, ammo unda bu kadrlar qayerda olingani körsatilmagan.
Videoyozuvda tayvanlik dengizçilar Xitoy kemasiga moryak radio orqali şunday xabar berayotganini eşitiş mumkin: «Siz mintaqaviy tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikka jiddiy zarar yetkazyapsiz. Marhamat qilib zudlik bilan ortga buriling va keting. Agar siz harakatlanişda davom etsangiz, biz çiqarib yuboriş çoralarini köramiz».




















