
Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Özbekistonda hojatxonalarning sanitariya qoidalariga javob berişi haqidagi tahlilini e’lon qildi. Unga köra, Özbekistonda aholining 41 foizi çuqur kovlama körinişidagi hojatxonadan foydalanadi. Qişloqlarda bu körsatkiç 50 foizdan yuqori.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (WHO) va BMT Bolalar jamğarmasi (UNICEF) ma’lumotlariga köra, 2019 yilda Özbekistondagi maktablarning 13 foizida qölni sovun va suv bilan yuviş uçun şaroit bölmagan. Maktablarning 83 foizi toza içimlik suvi, 78 foizi esa sanitariya vositalaridan foydalaniş imkoniyatiga ega bölgan.
Dunyo miqyosida esa 2,5 milliard kişi sanitariya talabiga javob bermaydigan xojatxonadan foydalanadi. Qişloq joylarda sanitariya talablariga javob beruvçi hojatxonalarni quriş diareya bilan kasallaniş holatlarini 30-50 foizga kamaytiradi.

Tadqiqotlarga köra, inson axlatining 1 grammida 10 milliontagaça virus, milliontagaça bakteriya, mingtagaça parazit kistasi va yuzga yaqin parazit tuxumi bölişi mumkin. Hindistonda diareya tufayli har yili 400 ming nafardan ortiq kişi hayotdan bevaqt köz yumgan.

Sanitariya talabiga javob bermaydigan maktab hojatxonalari bolalarning u yerga kirmasligiga sabab böladi. Şvetsiyada 6-16 yoş oraliğidagi bolalar örtasida ötkazilgan sörov natijalari bolalarning salkam 16 foizi maktabda kiçik hojatga umuman çiqmasligini körsatgan. Bu holat yoşi kattaroq (13-16 yoş) bolalar orasida yanada yomonroq – 25 foiz. Bolalar asosiy sabab sifatida maktabdagi hojatxonaning körinişi va hidini keltirgan. Bu esa kun davomida bolalarning yetarliça suv içmasligiga olib keladi. Çunki ular hojatga çiqmaslik uçun ham suv içişdan özlarini tiyadi.

















