Rossiya rasman 49 davlatni «nodo‘st» deb hisoblaydi
Dastlab bu maqom faqat ikki davlat - AQSh va Chexiyaga berilgan edi.
«Do‘stona bo‘lmagan davlatlar» tushunchasi Rossiya qonunchiligida 2018 yilda paydo bo‘lgan. Dastlab bu maqom faqat ikki davlat — AQSh va Chexiyaga berilgan edi (sanksiyalar va rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi munosabati bilan). 2023 yilda ularning soni 49 taga yetdi.
2022 yilda «do‘stona bo‘lmagan davlatlar» ro‘yxati keskin kengaydi: Yevropa Ittifoqi davlatlari, NATO davlatlari (Turkiyadan tashqari), ularning boshqa ittifoqchilari bilan to‘ldirildi.
Kimni «dushman» deb hisoblash va unga qarshi qanday choralar ko‘rishni prezident hal qiladi, deb yozdi Meduza.
«Dushmanlar» ro‘yxatini tuzish odatda xavfli ish. Bu xalqaro siyosatda qabul qilinmaydi. Misol uchun, Qo‘shma Shtatlarda «terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar»ning rasmiy ro‘yxati mavjud - bu Davlat departamenti tomonidan tuziladi va unda bo‘lgan davlatlar eng qattiq cheklovlarga duchor bo‘ladi. Nafaqat rasmiylar, balki fuqarolari va kompaniyalarining Amerika fuqarolari va kompaniyalari bilan o‘zaro aloqasi cheklanadi.
Amerika ro‘yxatining Rossiya ro‘yxatidan eng muhim farqi shundaki, unga kirish mezonlari «xudbinlik» («bizni sevmaydiganlar») asosida emas, balki «jahon hamjamiyatiga xavf tug‘diradigan»larga nisbatan qo‘llanadi.
Rossiya uchun «Do‘stona bo‘lmagan davlatlar» ro‘yxati: Avstraliya, Albaniya, Andorra, AQSh, Bahama orollari, Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi, Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Mikroneziya, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Singapur, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveytsariya, Yaponiya.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Bavariyada afg‘onistonlik erkak bolalarga pichoq bilan hujum qildi. Ikki kishi halok bo‘ldi
Jahon | 00:50
-
Turkiyadagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in ishi bo‘yicha yana ikki mansabdor hibsga olindi
Jahon | 00:30
-
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jahon | 23:41 / 22.01.2025
Mavzuga oid
23:41 / 22.01.2025
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
21:40 / 22.01.2025
Tramp Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
21:10 / 22.01.2025
KXDR Rossiya-Ukraina urushiga qo‘shimcha kuchlar yuborishni rejalashtirmoqda – Pentagon
17:24 / 22.01.2025