Jahon | 16:04 / 12.04.2023
19414
5 daqiqa o‘qiladi

Xandaqlardan qaytayotgan askarlar va Izyumdagi sapyorlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 412-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Davlat dumasi uchinchi o‘qishda «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Federal qonunga o‘zgartirishlarni qabul qildi. Endilikda elektron chaqiruv qog‘ozi qog‘ozdagisiga tenglashtiriladi. Rossiya hukumati harbiy ro‘yxatga olishning raqamli reyestrini yaratadi, u harbiy komissarliklar tomonidan yuritiladi. Chaqiruv qog‘ozi jo‘natilganlar komissariatga kelmasa, yangicha sanksiyalar qo‘llanishi mumkin, masalan, ko‘chmas mulk va transport vositalarini ro‘yxatga olish taqiqlanadi.
  • Kremlda ma’lum qilishlaricha, harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar safarbarlik bilan bog‘liq emas.
  • FXX davlatga xiyonatda gumon qilib yana ikki kishini qo‘lga oldi. Unga ko‘ra, saxalinliklardan biri go‘yoki Ukraina tomonida urushishga otlangan. Xabarovskda yashovchi kishi esa Ukraina QK uchun pul yuborishda gumonlanmoqda. Ularning ikkisi ham 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
  • Portlovchi moddalar yuklangan dron Belgoroddagi aeroport to‘sig‘iga urildi. Odamlar jabrlanmagan. Boshqa tafsilotlar yo‘q. Aeroport RFning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshidan buyon fuqarolik reyslarini qabul qilmayapti.
  • BMTning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisining so‘nggi hisobotida keng ko‘lamli urush davrida Ukraina tinch aholi vakillaridan kamida 8490 kishi halok bo‘lib, 14 mingdan ortiq kishi jabrlangani tasdiqlangan. Qurbonlar bo‘yicha haqiqiy raqamlar bundan ancha ko‘proq.

Kun kadri. Oldingi chiziqdan qaytayotgan ukrain askarlari

Chasiv Yar yaqinidagi ukrainalik jangchilar — Donetsk oblastidagi bu shahar Ukraina qo‘shini 2022 yil iyulidan buyon mudofaalanayotgan Baxmutdan 13 kilometr g‘arbda joylashgan.
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi janglar

Rossiya qo‘shini Baxmut yo‘nalishida ilgarilashda davom etmoqda, ammo jiddiy yo‘qotishlarga uchramoqda, deb yozilgan Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilarining so‘nggi hisobotida. Ularning aniqlik kiritishicha, RF armiyasi Baxmutdan g‘arbda va janubi-g‘arbda kichik yutuqlarga erishgan.

Avvalroq Ukraina quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Rossiya qo‘shinlarini Baxmutda «yondirilgan yer» taktikasini qo‘llashda ayblagandi. U shuningdek Ukraina qurolli kuchlari «Vagner» XHK otryadlari jangchilarini holdan toydirgani va Rossiya harbiy qo‘mondonligi Baxmutga maxsus topshiriqli bo‘linmalar va havo desant kuchlarini yuborishga majbur bo‘lganini aytgan. RF mudofaa vazirligi va «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin bu ma’lumotga munosabat bildirmagan.

Chasiv Yar uzra ko‘tarilgan tutun
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut atrofidagi front chizig‘idagi xandaqda dronlarga qarshi qurol bilan turgan ukrainalik askar
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK jangchisi Baxmut atrofidagi front chizig‘ida granatomyotdan o‘t ochmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi yerto‘lada uxlayotgan ukrainalik askar
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Izyum atrofidagi ukrain sapyorlari

Ukrainalik sapyor Xarkiv oblastining Izyum shahri atrofini minalardan tozalash jarayonida. Rossiya qo‘shini ushbu shaharni 2022 yil 1 aprelida bosib olgandi, ammo Ukraina QK sentabr oyidagi qarshi hujumida uni o‘z nazoratiga qaytardi.
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Leningrad oblastida urush fonidagi hayot tarzi

Sankt-Peterburgdan uzoq bo‘lmagan joyda RF armiyasi bilan shartnoma tuzish bo‘yicha reklama joylashtirilgan bilbord. Bloomberg agentligining mart oyi oxirida e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, RF qurolli kuchlari yil mobaynida 400 ming nafar yangi askar bilan shartnoma tuzishni rejalashtirgan. Rossiya hukumati bu ma’lumotni tasdiqlamagan.
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA
Sankt-Peterburgdan 160 kilometr masofadagi Kirishi shahrida Ukrainada halok bo‘lgan rossiyalik leytenant Andrey Savinov bilan xayrlashuv marosimi.
Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid