Tillaboyevning ta’kidlaşiça, maktab hojatxonalariga e’tibor qaratişi kerak bölgan mahalliy hokimliklar öziga yuklatilgan vazifasini bajarayotgani yöq.

«30-50 yil oldin qurilgan maktablarimiz ham son-sanoqsiz. Bu maktablarning hojatxonasiga kim e’tibor bermoqda? Ança oldin bu inşootlarni ta’mirlaş, qayta quriş uçun katta kampaniya boşlangandi. Afsuski, bu ham maktabning öziga taşlab qöyilgan. Vaholanki, bu vazifa mahalliy hokimliklarga yuklatilgan.

Qaysi maktab direktori hokimlarning oldiga borib, hojatxonani kerakli aşyolar bilan ta’minlab berişini söraydi? Aslida birinçi savolni şundan boşlaş kerak. Çunki heç qaysi maktab rahbari hokimlikka kirib, buni talab qila olmaydi. Talab qila olmadimi, hojatxonani sanitar holatga keltirişning boşqa muqobil variantlarini izlab körişadi. Bunda ularda 2 ta yeçim bor xolos: yo ota-onalar, yo öqituvçilar maktabni şu aşyolar bilan ta’minlaşi kerak böladi. Bu jarayonda ota-onalarga ham ayta olişmaydi. Öz-özidan maktab rahbari muassasadagi mavjud imkoniyatdan, öqituvçilar imkoniyatlaridan kelib çiqib, iloji boriça hojatxonaga kerakli mahsulotlarni pul yiğib olişga harakat qilişadi.

Bu işni eplay olmasa-çi? Bu holatda ularni SES xodimlari kutib turgan böladi. SES xodimlari qonun talablarini uşlab olişadi, nimalar qilinişi kerakligi körib çiqiladi, lekin qaralsa, heç kim uni bajarayotgani yöq. Qarabsizki, jarima solib ketilaveradi. Yozilgan qonunni kim bajarişi kerak? Mana şu narsa arosatda qolgani sababli maktab jamoasi aziyat çekib kelişmoqda.

Hozirgi kunda har qanday holatda SESning jarima solişga kuçi yetadi. Çunki buning tartibi qayerdadir işlamasligini SESning özi ham yaxşi biladi. Bu tartibning qanday işlatiş kerakligiga SESning özi ham takliflar bilan çiqişi kerak. Bir yilda maktablardan şunça mlrdlab jarima olinmoqda, şu jarimani maktab hojatxonasini aşyolar bilan ta’minlaşga taşabbus bilan çiqişi uçun SESga kim tösqinlik qiladi?» – deydi Tillaboyev.

Ma’lumot uçun, prezidentning 2018 yildagi farmoniga köra, maktablarni ta’mirlaş, rekonstruksiya qiliş va quriş, şuningdek, ularni zarur sanitariya-gigiyena şaroitlari bilan ta’minlaş mahalliy hokimliklar zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq Kun.uz maktab hojatxonalari haqidagi suriştiruv materialini