Ötgan yili noyabr oyida noma’lum erkak “Paxtakor” bekatida hojatini çiqargani videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bölgaç, Toşkent metropoliteni 9 ta bekatda ona-bola xonasi va hojatxona qurilişi va 1-bosqiç boşlanganini e’lon qilgandi.

Kun.uz şu işlar ijrosi yuzasidan Toşkent metropoliteni matbuot xizmati bilan boğlandi. Ta’kidlanişiça, 1-bosqiçda hozirça faqat “Buyuk ipak yöli” bekatida şunday maxsus xonalar taşkil qilingan.

“Amir Temur xiyoboni” va “Paxtakor” bekatida qurilişning yakuniy bosqiçi ketmoqda, “Beruniy” metro bekatida esa montaj va demontaj işlari qolgan.

“Quriliş jarayonining özi: örnatiş, kerakli jihozlar bilan ta’minlanişi – umuman işlarni amalga oşiriş uçun şaroit noqulay. Bu yer ustida qilinadigan jamoat hojatxonalaridan farq qiladi. Şuning hisobiga çözilişi mumkin.

Hamma bekatimiz har xil yer qatlamida joylaşgan, şunga qarab hammasidagi qurilişga har xil vaqt ketadi. Hozir bir vaqtning özida “Paxtakor” bilan “Amir Temur xiyoboni” bekatlarida qurilyapti, 90-95 foiz işi bitgan. “Beruniy”dagisida esa montaj-demontaj işlari ketyapti”, – deydi korxona matbuot kotibi Töyçi Mirzayev.

Hozirça 1-bosqiç qaçon yakunlanib, maxsus xonalar iş boşlaşi, qolaversa, 2-bosqiç qurilişi qaçondan start olişi noma’lum.

Eslatib ötamiz, 9 ta bekatda qurilayotgan hojatxonalar pulli bölib, uning narxi tadbirkor tomonidan belgilanişi ma’lum qilingan.

Maxsus xonalar quriladigan bekatlar quyidagilar:

  • “Buyuk ipak yöli”;
  • “Amir Temur xiyoboni”;
  • “Mustaqillik maydoni”;
  • “Paxtakor”;
  • “Olmazor”;
  • “Beruniy”;
  • “Çorsu”;
  • “Döstlik”;
  • “Bodomzor”.