Boelining haddan taşqari işonç bilan bergan prognozi
«Bugun biz ğalaba qozonamiz. Qanday hisob bilanmi? 3:0!» — «Çelsi» xöjayini Todd Boeli quloqli kubokning amaldagi sohibiga qarşi öyindan oldin şunday öta optimistik prognoz qildi. Bunday quruq maqtaniş heç kimni hayron qoldirmagani tayin: londonliklar klubi bossi qariyb bir yildan buyon muskullarini köz-köz qilişdan boşqa iş qilayotgani yöq — transferlar bozorida ham, bayonotlarida ham.
«Çelsi» — bu mavsumda jahon futboli naşrlari uçun eng asosiy yangiliklar manbayiga aylandi. «Real»ga qarşi öyin oldidan ham ijtimoiy tarmoqlarda köklar öyini qançalik özgarişi emas, Boelining prognozi muhokama etildi.
«Çelsi» xöjayini odatdagi kabi özining bu harakati bilan jamoani soyada qoldirdi. Lekin jamoada e’tiborga molik jihatlar talaygina edi. «Çelsi»ga qaytganidan keyingi ikkinçi öyinida Frenk Lempard ixtiyorida yaxşigina tarkib paydo böldi. N'Golo Kante va Tiyago Silva (u jarohati tufayli APLning oxirgi turida zayavkadan ham örin olmagandi) safga qaytişgan, qanotlarda Ben Çiluell va Ris Jyeyms ilk daqiqalardan harakat qilişi mumkin edi. Murabbiy futbolçilar joylaşuvida radikal özgarişlarga qöl urdi: Haversni zaxirada qoldirdi hamda «Vulverhempton» bilan öyinda özini oqlamagan 4-3-3 örniga 3-5-2 sxemasini tanladi. Mehmonlar murabbiylar ştabi maydon markazini Fernandes, Kante va Kovaçiç bilan töldiriş orqali «Real»ning markaziy yarimhimoyaçilarini töxtatiga umid qildi. Bundan taşqari, Lempard himoya çiziğidagi tanlovi orqali oçiq işora berdi: jamoa töpga egalik qilmoqçi emas.
Mavzuga oid
Köklarning startdagi tezkorligi
Ehtimol londonliklar öyinidagi taktik qayta quriliş «Qirollik klubi»dagi huşyorlikni susaytirgandir: Madrid debyutda muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Karlo Ançelotti bu safar heç qanday original narsa öylab topmadi va hatto Kamavinga mudofaaning çap qanotida tuşişi ham oldindan kutilgan özgariş edi. Lempard ham buni bilgan holda debyutda raqibni hayron qoldirişga qaratilgan körsatmalar berdi. Va uning öylaganlari maydonda amalga oşdi.
Dastlabki yetti daqiqalikda mehmonlar deyarli bir xil körinişdagi uçta keskin qarşi hujum uyuştirişdi: «Real» raqib mudofaasida böş hududlarni qidiriş bilan ovora bölganida uç marta yöq joydan töp yöqotdi. Madridliklar ötiş fazasida çindan ham zaif körindi va «Çelsi» bundan foydalanişga harakat qildi. Strategiya nuqtayi nazaridan barçasi töğri edi, ammo Lempardning baxtiga qarşi köklarda bu mavsumda forvardlar va vaziyatlardan foydalanişda juda jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Birgina Erling Holand APLda urgan gollar soni «Çelsi»ning barça gollaridan köproqligi ham muammo darajasini körsatadi.
Madridning ustunligi
Joau Feliks va Sterling hujumçilar juftligi sifatida tanlanişi bir vaqtning özida bahsli va mantiqiy qaror edi (Haversning «Liverpul»ga qarşi öyindagi harakatlaridan kelib çiqqan holda). Lempardni öyindan keyin xato tanlov qilganlikda ayblaş oson, çunki portugaliyalik ham, angliyalik ham bir neça golli vaziyatlarni yöqqa çiqardi, ammo zaxira örindiğida muqobil nomzodlar ham yöq edi.
Dastlabki yetti daqiqani kuzatgan Boeli prognozlari töğri çiqqani haqida tabriklar ola boşlagan bölsa ajab emas. Ammo şundan keyin vaziyat köklar uçun yomonlaşa bordi va taşabbusni qölga olgan mezbonlar öyin oxirigaça uni raqibga qaytarib bermadi. «Çelsi» raqibni ança içkarida qarşi oldi va himoyalanişda 5-3-2 sxemasi böyiça aniq tizildi. Ammo bu holatda aniqlik — salbiy xususiyatdir. Mehmonlarda çiziqlar orasida şu qadar katta böşliq yuzaga keldiki, «Real» futbolçilari hujumlarni rivojlantiriş uçun bir neça vektorlarni tanlaşi mumkin edi.
Köp ötmay vaziyatlar ham yaratila boşlandi. Avvaliga Benzema ötkir burçakdan turib Arrisabalagani sinovdan ötkazdi, keyin Valverdening zarbasi biroz xato ketdi, 21-daqiqada esa gol ham urildi — Kepa Vinisiusning zarbasini tösdi, ammo Karim töpga ega çiqib, qarşiliksiz uni darvoza töriga joyladi.
«Çelsi» darhol öyinga qaytişi mumkin edi, ammo Kurtua Sterlingga gol urişga imkon bermadi, keyin esa Tiagu Silva töpni darvoza çiziği oldida qaytarib yuborib, hisob 0:2 körinişiga kelişining oldini oldi. Şu palladan öyin faqat «Real»ning ustunligida öta boşladi va madridliklar tanaffusga ikkinçi golni ura olişmaganidan xafa holda çiqib ketişdi. Bölim yakunlariga köra darvoza sohasiga aniq yöllangan zarbalar nisbati 8:2 körinişida edi.
— UEFA Champions League (@ChampionsLeague) April 12, 2023
Çiluellning çetlatilişi va Asensioning goli
Tanaffusdan qaytib köklar yana faol öynaşga qaror qildi, ammo «Real» endi huşyor edi, şuning uçun «Çelsi» javob golini urişga yaqin ham kelmadi. Modriç esa 50-daqiqada şedevr gol urişgga juda yaqin edi: u töpni «töqqizlik» sari aylantirib yölladi, ammo bir neça santimetrga adaşdi.
Lempard tavakkalçilikka qöl urdi — maydonni tark etişga majbur bölgan Kulibalining örniga Kukurelyani maydonga taşlaşdan taşqari futbolçilarni 4-4-2 sxemasi böyiça joylaştirdi. Bu esa xato bölib çiqdi: birinçidan, şundan keyin «Çelsi» çiziqlari orasidagi böşliq yanada kengayib ketdi, ikkinçidan ispaniyalik himoyaçi Rodrigoni ötkazib yubordi, natijada Çiluell darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotgan raqibni jarima maydoniga kirişda uşlab qolib, öyin yakuniga hali yarim soat borligida «sönggi umid foli» uçun qizil kartoçka oldi. Agar birinçi bölimda mehmonlar mudofaasida faqat Fofananing harakatlari (u 5-daqiqadayoq Vinisiusga qöpolligi uçun sariq olgandi, birinçi gol urilgan vaziyatda esa uşbu futbolçini yaxşi qöriqlay olmadi, undan keyin ham köp vaziyatlarda töpni osonlik bilan yöqotdi) qörqinçli köringan bölsa, tanaffusdan keyin londonliklar mudofaasi umuman tözib ketdi.
Lempard futbolçilari bir kişi kam bölib qolgaç darhol reaksiya körsatdi: forvardlar sonini qisqartirdi (Feliks örniga Çaloba tuşdi) va 5-3-1 sxemasiga ötdi (Jyeyms, Fofana, Silva, Çaloba va Kukurelya himoya beşligini taşkil etdi). Ikkinçi bölim boşida Frenk heç bölmaganda durangga erişmoqçi ekanini körsatgan bölsa, bu özgariş minimal hisobdagi mağlubiyatni saqlab qoliş umidini oçiq körsatib turardi. Ammo öxşamadi. «Çelsi» ikkinçi golni burçak zarbasi ijro etilganidan keyin ötkazib yubordi, şunday ekan, bu örinda futbolçilar yetişmaganini bahona qilib bölmaydi. Bu vaziyatda londonliklarning barça futbolçilari darvoza atrofida töplangandi, lekin jarima maydoni taşqarisida heç kim qolmagandi. Asensioga yaqin burçakka yöllangan aylanma zarbasi bilan hisobdagi farqni oşiriş qiyin bölmadi. Bu uning YeÇLda zaxiradan tuşib urgan töqqizinçi goli böldi - bu turnir rekordi.
Öyin oxirida «Real» futbolçilarining harakatlari muxlislarni xavotirga solib qöydi. Madridliklar aftidan allaqaçon özlarini yarimfinalda his qila boşlaşdi va raqibni butunlay yakson etişga harakat qilişmadi.
Lempard esa Silvaning örniga Meyson Mauntni tuşiriş orqali öyinni saqlab qolişga urindi, u esa 90+3-daqiqada yaxşi vaziyatga ega böldi, ammo omadi kelmadi. Bu öyin davomida «Çelsi» himoyasi uç bor qaytadan qurildi - çunki Kulibali, Çiluell va Tiyago Silva turli sabablarga köra maydonni tark etişga majbur böldi.
Londondagi javob öyini 18 aprel kuni ötkaziladi. Bu juftlik ğolibi keyingi bosqiçda «Bavariya» yoki «Siti»ga tuşadi, inglizlar yarimfinalda öynaşi uçun öz maydonida Boeli aytgan 3:0 hisobida ğalaba qozonişi talab etiladi. Lekin bu fantastik ssenariy - «Çelsi» sönggi 5 öyinda 2 durang va 3 mağlubiyat qayd etdi. Ularning 4 tasida gol urolmagan, bu esa 1993 yildan buyon qayd etilgan eng yomon seriya.
«Milan» Italiyaning eng yaxşi jamoasini ön kun içida ikkinçi bor mağlub etdi
Milan — Napoli 1:0
Gol: Binnosir (40). Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes, Kruniç, Binnosir (Salemakers, 67), Dias (Rebiç, 80), Tonali, Leau, Jiru. Napoli – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Çje, Ruy (Olivera, 81), Lobotka, Zelinski (Ndombele, 81), Zambo-Angissa, Elmaz, Losano (Raspadori, 69), Kvaratsxeliya (Politano, 81). Ogohlantirişlar: Zelinski (38), Binnosir (60), Di Lorenso (70), Zambo-Angissa (70), Kim Min Çje (78). Çetlatiş: Zambo-Angissa (74).
Pasayiş, inqiroz, iştiyoqsizlik — bular «Milan»ning çempionlik mavsumidan keyingi muvaffaqiyatsizliklarini izohlaş uçun işlatilgan sözlar. Ammo Stefano Pioli davridagi «rossonerilar» nokdaunlardan keyin oğriqni his qilmaydi va yana örnidan turadi. Qançalik kuçli zarba berilmasin, ular, aftidan, bundan faqat kuç oladi. Murabbiyning skudetto ğolibligiga yöl «Atalanta»dan uçralgan 0:5 hisobidagi şarmandali mağlubiyatdan boşlangani töğrisidagi sözlarini eslaş örinli.
«Milan» joriy mavsum davomida ham qaysidir pallada tubga tuşdi. Superkubok uçun derbida 0:3 hisobida mağlub böldi va öz uyida «Sassuolo»dan beşta gol ötkazib yubordi. Ammo keyin bir neça oyni ötkazib yuborgan Menyan darvozaga qaytdi, Ernandes jahon çempionatidan öziga keldi, Rafael Leau yana ötgan mavsumdagi kabi aqlli öyin körsata boşladi.
Ön kun muqaddam Neapolda keçgan öyinda «Milan» mavsumdagi eng yaxşi öyinini namoyiş etib,
Luçano Spalletti jamoasini 4:0 hisobida yakson etdi. Bu natijaga qarab, milanliklar Italiyaning eng yaxşi jamoasi - A Seriya turnir jadvalida katta farq bilan ilgarilab ketgan jamoani yer bilan bitta qilganiga işoniş qiyin. Jamoa yetakçisi Xviça Kvaratsxeliya esa öşa oqşomda maydonda közga taşlanmadi. Ammo bu ham hali milanliklar «San-Siro»dagi YeÇL öyinida yana şu işni takrorlaşini kafolatlamasdi.
Spalletti bu öyin oldidan muhim muammoni hal qilişi talab etilardi. U jamoaning asosiy hujumçisi Osimhen ortidan Simeoneni ham lazaretga jönatişga majbur böldi, Raspadori — ham tibbiy sabablarga köra töliq öynay olmasdi. Ya’ni «Napoli»da markaziy hujumçi ampluasidagi birorta futbolçi qolmagandi, murabbiy esa bu muammoni Elmasni «aldamçi töqqizlik» rolida tuşirib hal etişga qaror qildi.
Öyinning ilk daqiqalaridayoq – mehmonlar total ustunlikka ega bölişdi. Bu 10 kun muqaddam öz uyida «Milan»ga yengilgan ilojsiz jamoa emasdi. Diqqatini jamlagan va tajovuzkor «Napoli» mehmonlarni kuçli pressing qilib, töpni tezda öziga oldi va «rossonerilar»ni tezlik bobida ortda qoldirdi. Kvaratsxeliya ilk daqiqadayoq supervaziyatga ega böldi, «Milan» himoyaçisi Tomori işonçsiz harakat qilib, qulay pozitsiyada turgan raqibga töpni topşirib qöydi. Ammo Xviçaning zarbasi Tomorining öziga qarata yöllandi. Köp ötmay Kvaratsxeliya angliyalik himoyaçini aldab ötib, şerigiga vaziyat yaratib berdi. Zelinski esa jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan Menyanni qahramonlik körsatişga majbur qildi, darvozabon töpni tösin ostidan çiqarib yubordi. «Milan» töpsiz qoldirildi va himoyalanişga majbur qilindi, bunday vaziyatda «Napoli»ning goli vaqt masalasidek körinayotgandi.
«Milan»ning oldingi çiziqda töp uçun kuraşiş uçun urinişlari muvaffaqiyatsizlikka uçradi va orqada böşliqlar yuzaga keltirdi. Töpga egalik qilinayotganda tayanç yarimhimoyaçisi Kruniç uçinçi markaziy himoyaçi pozitsiyasiga ötib, raqibning markaziy havbekini ham özi bilan olib ketişga urindi, ammo Pioli jamoasiga örta çiziqda boğlovçi futbolçi yetişmadi. «Rossoneri»larda birinçi vaziyat faqat 25-daqiqaga kelib yaratildi va bu faqatgina Leauning individual harakatlari evaziga böldi. Portugaliyalik futbolçi töpni öz jamoasi tomonida egallab, raqib himoyaçilaridan qoçib ketdi, ammo uning olis ustun tomon yöllagan zarbasi biroz xato ketdi. Bu vaqtga kelib «Milan» zarbalar böyiça – 0:9 (darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar böyiça – 0:3) hisobida ortda qolayotgandi.
«Rossoneri»lar sabr qilişdi va öz imkoniyatini kutişda davom etişdi. Tanaffus yaqinlaşgani sari «Napoli»ning pressingi uzilib qola boşladi. Spalletti şogirdlari yuqori intensivlik tufayli holdan toyişgandi va «Milan»da hujum qiliş uçun böş hududlar oçila boşladi. 40-daqiqada Dias ham Leau qilgani kabi töpni maydonning yarmidan olib ötdi, u Leau va Binnosir bilan uyuştirgan kombinatsiya jazoirlik havbek yaqin burçakni aniq nişonga olişi bilan yakunlandi. Mehmonlar jarima maydoni atrofida uçga uç nisbatiga çiqib borişdi. Mezbonlarning birinçi bölimda darvoza sohasiga aniq yöllagan yagona zarbasi golga aylandi. Neapolliklar öziga kelişga urinayotganida hisob 2:0 körinişiga kelişi ham mumkin edi, ammo bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Kerning zarbasi tösindan qaytdi.
«Napoli» ikkinçi bölimni ham birinçisi kabi kuçli boşladi. A Seriya yetakçisi makimal tezlikni yoqdi, «Milan» esa sabr qilib, öz ustunligini saqlab qoliş uçun öynadi. Kvaratsxeliya töp söradi va epizodlarni hal qilişga urindi, ammo gurjistonlik vingerga jarima maydonida Osimhen yetişmadi. Elmas markaziy forvard emasligi körinib qoldi. Makedoniyalik futbolçi «rossoneri»lar darvozasi tomon ilk zarbasini faqat tanaffusdan keyin yöllay oldi, ammo bu epizodda Menyan tösin ostiga borayotgan töpni nazorat qilib turgandi. 60-daqiqada esa Xviça Kerni aldab ötib, penalti işlaşga urindi – hakam Kovaç esa «Napoli» driblyoriga işonmadi.
Spalletti jamoasi öyinning 60 foizdan ortiq qismida töpga egalik qildi, bosim uyuştirdi, zarbalar böyiça ham (15-12), darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar soni (5-2) va burçak zarbalari böyiça ham (10-3) ustunlik qildi. Ammo tablodagi raqamlar özgarmadi. Janubliklar murabbiyi zayavkadagi sönggi forvardi – Raspadorini maydonga taşladi. Elmasa ham maydonda qolib, qanotga köçdi. Luçano bu özgartiriş bilan Raspadorining uşbu turnirdagi omadiga umid qilgan bölişi ham mumkin: yozda xarid qilingan bu futbolçi A Seriyada birgina gol urgan, Çempionlar ligasida – törtta! Lekin Spallettining barça rejalarini Angissaning maydondan çetlatilişi barbod qildi, u tört daqiqa içida ikki sariq kartoçka oldi.
«Napoli» ön kişi bölib qolgaç, Kvaratsxeliya ham almaştirildi. Spalletti uni keyingi öyin uçun asraşi va bu öyinda hisob yiriklaşib ketmasligi uçun yangi kuçlar bilan harakat qilişi kerak edi. Xviça «San-Siro»da töp bilan 54 bor muomila qildi, ikki zarba berdi, ikki bor zarba uçun pas uzatdi, raqiblarni olti marta aldab ötdi (sakkiz urinişda) va 20 bor yakkakuraşdan 10 tasida ustun keldi. Uşbu vinger aslida yomon öyin ötkazmadi, ammo futbolçi gol yoki golli pas muallifi böla olmadi va jamoasi natijaga erişmadi.
«San-Siro»da ön kişi bölib qolgan «Napoli» himoyaçilarining sa’y-harakatlari bilan öyin oxirida durangga erişişi ham mumkin edi. Ammo Menyan Di Lorensoning yaqin masofadan yöllagan zarbasini qaytardi, Oliveraning zarbasi esa biroz yuqoridan ketdi. Golga yaqin kelindi, ammo ayni vaqtda yarimfinalda Milan derbisi bölişi ehtimoli ham yaqin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi