Jahon | 15:30 / 14.04.2023
17660
7 daqiqa o‘qiladi

Baxmut mudofaasi to‘qqizinchi oyda ham davom etmoqda, Kiyevda dafn marosimlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 414-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Peterburgda «voyenkor» Vladlen Tatarskiy o‘limiga sabab bo‘lgan portlash tashkilotchilari Ukraina maxsus xizmatlari va ularning «josuslik tarmog‘i», jumladan Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi a’zolari Leonid Volkov va Ivan Jdanov bo‘lganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, portlashning taxminiy tashkilotchisi nomi keltirilgan — idora ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina fuqarosi Yuriy Denisov go‘yoki Ukrainadan Latviya orqali Rossiyaga kelgan. Bundan tashqari, kvartirasida Tatarskiyning o‘ldirilishida ayblanib qo‘lga olingan Darya Trepova yashagan kvartira egasi, peterburglik Dmitriy Kasinsev uy qamog‘iga tashlangan.
  • Federal qidiruv byurosi (FQB) Massachusets havo milliy gvardiyasi razvedka bo‘limining 21 yoshli a’zosi Jyek Teysheyrani Pentagon va Amerika razvedkasi maxfiy hujjatlari sizdirilishiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi. The Washington Post nashri yozishicha, Teysheyra bir yildan ortiq vaqt davomida maxfiy hujjatlarni Discord’dagi yopiq chatda e’lon qilib kelgan. U bir necha o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
  • Yevropa ittifoqi «Vagner» XHK hamda Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan RIA FAN yangiliklar agentligiga qarshi sanksiyalar qo‘lladi.
  • Germaniya Polshaga Mig-29 rusumli beshta qiruvchi samolyotni Ukrainaga yuborishga ruxsat berdi.
  • Haagadagi Rossiyaga Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasiga Qrim annexiasi tufayli keltirilgan zararni qoplash uchun besh milliard dollar miqdorida tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi. Dmitriy Peskov Rossiya tomoni Haagadagi sud qarorini «tahlil qilayotgani»ni aytdi.

Slovyansk o‘qqa tutilishi

13 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Slovyansk shahrini o‘qqa tutdi — bu shahar RF armiyasi kuchlari so‘nggi to‘qqiz oy davomida qamal qilayotgan Baxmutdan 45 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan.

Slovyansk meri Vadim Lyaxning so‘zlariga ko‘ra, raketalardan biri 8-sonli maktab hovlisiga kelib tushgan, shuningdek uning yonidagi ko‘p qavatli uyga shikast yetkazgan. «Ikkinchi raketa shahar suv ta’minot kanali atrofiga tushgan. Bir necha xususiy uylar shikastlangan. Ikki holatda ham qurbonlar bo‘lmagan», — deya xabar qilgan Lyax.

Raketa zarbasi berilgan joyda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Ashley Chan / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rossiya raketasidan shikastlangan uylardan birida yashovchi kishi hududni tozalamoqda
Ashley Chan / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Slovyanskliklar raketa zarbasidan keyin o‘z uyi atrofini tartibga keltirmoqda
Ashley Chan / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Baxmut uchun jang

Ukraina qo‘shini Baxmutni mudofaa qilishda davom etmoqda. Anneksiya qilingan «DXR» hukumati tasdiqlashicha, hozirda Ukraina QK amalda shaharda bloklanib qolgan va chekinish imkoniga ega emas. Shu bilan birga, «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, uning yollanma kuchlari Baxmutni shturm qilmoqda, shahar uchun «og‘ir qonli janglar ketmoqda» va u to‘liq qurshovga olingani haqida gapirishga hali erta. Prigojin ayni vaqtda Baxmutning 80 foiz hududi Rossiya kuchlari tomonidan nazorat qilinayotganini aytgan.

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shini hamon Baxmutning g‘arbiy hududini saqlab turibdi, ammo o‘z bo‘linmalarini «tartib bilan» olib chiqa boshlagan. Ukraina tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.

Ukrainalik aloqachi Baxmut chetidagi ko‘p qavatli uy kvartirasida antenna o‘rnatmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK artilleriyachisi front chizig‘idagi okopda
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain artilleriyachilarining Baxmut atrofidagi pozitsiyasi
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Ataman Kosti Gordiyenko nomidagi 57-alohida motoo‘qchilar brigadasi piyodasi okopda tushlik tayyorlamoqda. Kostya Gordiyenko XVIII asrda Zaporijjya Sechida qo‘sh ataman bo‘lgan
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Buchadagi ukrain sapyorlari

Bucha — Kiyev oblastidagi shahar bo‘lib, bir yil muqaddam butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgandi. 2022 yil mart oyi oxirida, Rossiya qo‘shini Buchadan chekinganidan keyin shaharga kirgan Ukraina qurolli kuchlari jangchilari ko‘chalarda tinch aholi vakillarining o‘nlab jasadlariga duch kelishgandi. Bir oy davomida Rossiya okkupatsiyasida yashagan mahalliy aholi vakillari keyinroq RF armiyasi askarlari tomonidan qo‘llangan qiynoqlar, shafqatsiz qotilliklar va talonchiliklar haqida hikoya qilib berishgandi. Kreml Buchadan tarqalgan kadrlarni «feyk» va «Kiyev rejimining tinchlik muzokaralarini barbod qilishga qaratilgan spektakli» deb atashda davom etmoqda.

Ukraina hukumatining 2022 yil sentabridagi ma’lumotlariga ko‘ra, Buchada o‘ldirilgan 442 kishining jasadi topilgan. Bu voqealarning bir yilligida Volodimir Zelenskiy shaharda okkupatsiya vaqtida halok bo‘lganlarning jami soni 1,4 ming kishini tashkil etganini ma’lum qilgandi.

Bir yil o‘tib ham ukrain sapyorlari Bucha atrofidan tankka qarshi minalarni topmoqda. Quyida ularning faoliyati aks etgan suratlar.

Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Frontdagi askarlar

Kiyevda askarning dafn marosimi

Kiyevda ukrainalik harbiy xizmatchi Ivan Ribitva bilan vidolashuv marosimi. 19 yoshli Ribitva Baxmut atrofida halok bo‘lgan
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Ivan Ribitvaning dafn marosimini kuzatayotgan kiyevlik keksa yoshli ayol
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid