Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Rossiya atom energetikasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi
Rossiya G‘arbning energiyaga qaramligidan bosim o‘tkazish uchun foydalanmoqda. Shuning uchun Rossiyaning atom sanoati ham G‘arb sanksiyalari ostida qolishi kerak, dedi Germaniya vitse-kansleri Robert Habek.
Foto: Getty Images
Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishi fonida Germaniya hukumati Rossiya atom sanoatiga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini qo‘llashni yoqlab chiqdi. «Biz Rossiyaning bosim o‘tkazish uchun energetik qaramlikdan ataylab foydalanayotganini ko‘rdik. Shu bois federal hukumat Yevropa komissiyasini fuqarolik yadro sektoriga ham sanksiyalar joriy etishga chaqirdi. Bu navbatdagi sanksiyalar paketining bir qismi bo‘lishi kerak», - dedi Germaniya vitse-kansleri Robert Habek 15 aprel, shanba kuni e’lon qilingan dpa bilan suhbatda.
Rossiya, boshqa narsalar qatorida, atom elektr stansiyasining yoqilg‘isi uchun uran yetkazib beradi va radioaktiv chiqindilarni o‘z hududida saqlaydi. Habek fikricha, Yevropa Ittifoqi Rossiyadan mustaqilligini mustahkamlashi kerak. «Biz ko‘plab sohalarda, jumladan, energetika sohasida allaqachon katta yutuqlarga erishdik. Faqat yadro sektori qoldi», - dedi Germaniya vitse-kansleri.
Habekning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya atom sanoatidagi imtiyozli munosabatni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. «Yadro texnologiyasi o‘ta nozik soha va Rossiyani bu yerda endi ishonchli hamkor sifatida qabul qilib bo‘lmaydi», dedi u.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025