Baxmut atrofida Rossiya pozitsiyalariga zarbalar va Sumida dafn marosimi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 418-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladimir Kara-Murza 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Uni Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha sud qilishdi — Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatish, «xushlanmaydigan» tashkilot faoliyatini yoritish (Free Russia Foundation fondi bilan hamkorlik qilgani) va «davlatga xiyonat».
- AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari Kara-Murzani ozod etishga chaqirdi. Latviya TIV rahbari Rossiyaning «ushbu uyushtirilgan ishda qatnashgan» 10 nafar fuqarosiga mamlakatga kirishni taqiqladi, ammo ularning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.
- Gulagu.net «Vagner» XHK sobiq komandirlarining Soledar va Baxmutda tinch aholi vakillari (jumladan, yosh bolalar) o‘ldirilgani bo‘yicha ko‘rsatma bergani videolarini e’lon qildi. Ukraina bosh prokuraturasi tekshiruv boshlagan.
- «Lyudi Baykala» nashri jurnalistlari «Vagner» XHKning Ukrainada halok bo‘lgan yollanma jangchilari dafn etilgan va bungacha ma’lum bo‘lmagan yangi qabristonni topishdi — Irkutskdan 11 kilometr masofadagi Aleksandrovskiy qabristonida urush qurbonlaridan yana 57 kishi ko‘milgan.
- Moskva harbiy komissari xabar qilishicha, «Davlat xizmatlari» orqali chaqiruv qog‘ozlari bahorgi chaqiriq vaqtidayoq «test rejimi»da yuborila boshlanishini ma’lum qildi. Raqamli taraqqiyot vazirligi hozirda buning uchun asoslar yo‘qligini ma’lum qilgan.
Kun kadri. Sumi oblastida dafn marosimi
Ukraina QK dron operatorlari
Ukraina qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning RF armiyasi «shaharni vayronaga aylantirgan» bo‘lsa-da, Baxmutdagi vaziyat «nazorat ostida» ekanini aytdi. Amerikaning Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilariga ko‘ra, «Vagner» XHK shturmchi otryadlari Baxmut shimoli-g‘arbi va markazidagi ikkita kvartalni egallagan — bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabarida ham aytilgan. Aynan qaysi kvartallar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. ISW ekspertlari qayd etishicha, ayni vaqtda Baxmut markazidan o‘tgan temiryo‘l uchun jang ketmoqda.
Donbassda oldingi chiziqdagi ukrain artilleriyachilari va vertolyotchilari
Peterburgda Milliy-ozodlik harakati faollari
Milliy-ozodlik harakati (NOD) — Rossiyadagi ultrao‘ng siyosiy birlashma bo‘lib, Kremlga aloqador hisoblanadi. Uning faollari muntazam ravishda yakkalik piketlarga chiqishadi, ammo muxolifat tarafdorlaridan farqli o‘laroq ularni hech qachon hibsga olishmaydi. 2022 yil iyulida harakat faollaridan biri Davlat dumasi binosi oldida «Litva, Latviya, Estoniya va SSSRning boshqa respublikalarining noqonuniy tan olinishi»ni bekor qilishga chaqirilgan plakat ko‘tarib chiqqandi. Vaqt o‘tgan sayin harakat faollari ommaviy aksiyalarga ham yig‘ilmoqda. Xususan, 2022 yil 8 oktyabrida ular AQShning Moskvadagi elchixonasi qarshisida miting uyushtirib, boshqa talablar qatorida prezident Jo Baydenning iste’fosini ham talab qilishgandi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024