Jahon | 14:03 / 19.04.2023
6911
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya tajovuzi bo‘yicha xalqaro tergov markazi iyulgacha ochiladi

Iyun oyi oxirigacha Haagada Yevropa Ittifoqi adliya boshqarmasi ko‘magida Ukrainaga qarshi bosqinchilik jinoyatini tergov qilish xalqaro markazi ochiladi, dedi Shvetsiyaning YeI ishlari bo‘yicha vaziri Jyessika Rosvall Yevroparlamentdagi chiqishida. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Ushbu markaz ham alohida davlatlar darajasida, ham xalqaro miqyosda bo‘lajak sud jarayonlari uchun dalillarni saqlaydi va tahlil qiladi

Markaz Ukrainaga qarshi bosqinchilik jinoyati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘ash uchun kelajakdagi ishlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida prokurorlarni birlashtiradi. 

Bosqinchilik jinoyatiga oid dalillar markaziy tarzda xavfsiz joyda saqlanadi, deya ta’kidlab o‘tdi Yevropa komissiyasi.

Bundan oldin Haagada Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyatini tergov qilish xalqaro markazi iyul oyida ish boshlashi ma’lum qilingandi. Bu haqda Bryusselda Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida adliya bo‘yicha Yevropa komissari Dide Reynders aytib o‘tgan.
 
«Joriy yilning iyul oyida markaz to‘liq ishga tushadi», deb va’da bergan Reynders. Yevrokomissarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu markaz Yevropa Ittifoqiga a’zo olti davlat va Ukraina tomonidan tuzilgan qo‘shma tergov guruhiga biriktiriladi hamda Xalqaro jinoiy sud bilan yaqin hamkorlik qiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid