Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus»ga 15 ochko qaytarildi. Klub turnir jadvalida 7-pog‘onadan 3-o‘ringa ko‘tarildi
Italiya sport boshqarmasi «Yuventus»ni A Seriyada 15 ochkodan mahrum qilish jarima chorasini bekor qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ish sudda qaytadan ko‘rib chiqilgunga qadar Turin klubi hisobidan olib tashlangan 15 ochko qaytariladi. FIGC federal apellyatsion sudi ushbu ishni qaytadan ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Turin klubi futbolchilarning transfer narxini oshirib ko‘rsatish, xodimlarning xarajatlarini hujjatlarda kamaytirish hamda aksariyat futbolchilarning oladigan maoshlarini yashirganlikda ayblanib, yanvar oyida A Seriyada 15 ochkodan mahrum etilgan edi. Oqibatda, 37 ochkosi bor va 3-o‘rinda bo‘lgan «Yuve» jazodan so‘ng 22 ochko bilan 10-pog‘onaga tushib ketgandi.
Avvalroq, ushbu qallobliklar sababli klub rahbariyati 2022 yil yakunida to‘liq iste’foga chiqqandi.
Shu tariqa, «Yuventus» 59 ochko (44+15) bilan turnir jadvalida hozircha 7-pog‘onadan 3-o‘ringa ko‘tarildi.
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024