Jahon | 15:27 / 21.04.2023
13819
5 daqiqa o‘qiladi

Belgoroddagi portlash oqibatlari, Vuhledar mudofaasidagi askarlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 421-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Peterburgda elektron chaqiruv qog‘ozlarini sinov rejimida yuborish boshlandi.
  • Bloomberg o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, AQSh va g‘arbning boshqa qator davlatlari — Ukrainaning ittifoqchilari Rossiyaga tovarlar eksportini «qariyb to‘liq» taqiqlashni rejalashtirmoqda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya bozorini tark etmoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalar ustama foydadan bir martalik yig‘im to‘lashi kerak bo‘ladi.
  • NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg urush boshlanganidan buyon ilk bor Kiyevga keldi.
  • Mariupolda Rossiya raketasi berilgan tug‘uruqxonada olingan surat World Press Photo mukofotini oldi.
  • Kiyev osmonida yorqin nurni payqashdi. Versiyalardan biriga ko‘ra, shu vaqtda meteorit qulagan, boshqasiga ko‘ra — Amerikan sun’iy yo‘ldoshi.
  • 20 aprel kuni kechqurun Belgorodda Rossiyaning Su-34 samolyoti bombasi portladi. Rossiya mudofaa vazirligi xabar berishicha, shahar ustidan uchayotgan samolyotdan «aviatsiya o‘q-dorisining g‘ayritabiiy tushib ketishi» ro‘y bergan.
  • Bryansk oblastida turar joy binosiga Ukraina qurolli kuchlari droni quladi. Gubernator Aleksandr Bogomazning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Kunning asosiy voqeasi: Belgorod ustida Rossiyaning SU-34 samolyotidan bomba tushib ketishi

20 aprel kuni kechqurun Belgorod shahri markazida portlash ro‘y berdi — natijada Vatutina va Gubkina ko‘chalari kesishmasida ulkan o‘ra hosil bo‘lgan. Mahalliy rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi jabrlangan.

Chorrahadagi to‘rt avtomobil shikastlangan, mashinalardan biri portlash to‘lqinidan havoga ko‘tarilib, yo‘l chetidagi do‘kon tomiga borib tushgan. Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkovning aniqlik kiritishicha, Shalandina ko‘chasidagi uyda to‘rtta kvartira ham shikastlangan. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, bu Rossiyaning Su-34 harbiy samolyotidan «aviatsiya o‘q-dorisining g‘ayritabiiy tushib ketishi» edi — tovushdan tez uchuvchi qiruvchi-bombardimonchi shu vaqtda shahar ustida uchayotgan bo‘lgan.

Belgorod meri Telegram-kanali
Belgorod oblasti gubernatori Telegram-kanali
Belgorod oblasti gubernatori Telegram-kanali
Belgorod meri Telegram-kanali

Tula oblastidagi tashviqot 

Bannerda rossiyalik harbiy va Ukrainaga bosqinning ilk kunlarida Rossiya propagandasi ramzlaridan biriga aylangan «SSSR bayrog‘ini ko‘targan buvi» surati aks etgan.
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainaga bosqin ishtirokchisi bo‘lgan rossiyalik harbiylardan birining portreti aks etgan bilbord
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA

Vuhledar frontidagi ukrain askarlari

Rossiya qo‘shini Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshidan buyon Vuhledarni egallashga harakat qilib kelmoqda — Donetsk oblasti janubidagi bu shahar tepalikda joylashgani tufayli strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Masalan, Ukraina QK bu yerdan turib Donbassdan Zaporijjyaga olib boruvchi temiryo‘lni osonlik bilan o‘qqa tutishi mumkin, shu tufayli hozirda bu yo‘ldan foydalanilmayapti.

Rossiya qo‘shinining fevral oyida Vuhledarni egallashga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Ammo rossiyaliklar hozircha bu shaharni egallash niyatidan butkul qaytgani yo‘q va uni o‘qqa tutib, bombardimon qilishda davom etmoqda. Ukrainalik harbiylar xabar berishicha, 19 aprel kuni Rossiya aviatsiyasi turar joy binosiga aviazarba bergan. Quyida, Vuhledar atrofida mudofaani ushlab turgan ukrain askarlari aks etgan suratlar.

Vuhledar atrofidagi front chizig‘ida mashina boshqarib ketayotgan ukrain harbiysi
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vuhledar atrofidagi front chizig‘ida joylashgan okopdagi qurollarni tekshirayotgan ukrain harbiysi
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylari Vuhledar atrofidagi front chizig‘ida o‘t ochmoqda
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Frontning boshqa yo‘nalishlaridagi askarlar

Mavzuga oid