Belgorodning markaziy qismida 20 aprel, payşanba kuni keçqurun aviabomba portlab ketdi, uni Rossiyaning Su-34 harbiy samolyoti şaharga taşlab yubordi. Rossiya Mudofaa vazirligi hodisani «aviatsiya öq-dorisining ğayritabiiy tuşişi» deb atadi. «20 aprel kuni HKK Su-34 samolyotining Belgorod şahri uzra parvozi çoğida aviatsiya öq-dorisining ğayritabiiy tuşişi sodir böldi. Natijada turar joy binolariga şikast yetgan, jabrlanganlar yöq. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi vazirlik bayonotida. Mudofaa vazirligi boşqa tafsilotlarni oşkor qilmadi.

Avvalroq Belgorod viloyati gubernatori Vyaçeslav Gladkov özining Telegram-kanalida portlaşdan söng «markaziy köçalardan birining (Vatutina – Gubkin) çorrahasida radiusi 20 metr bölgan ulkan öra hosil bölganini yozgan edi. «Yaqin-atrofdagi turar joy binosining oynalari singan, portlaş natijasida töxtab turgan bir neçta maşina şikastlangan va elektr uzatiş liniyalari işdan çiqqan», — deyiladi uning postida.

Keyinroq Gladkov hodisa natijasida ikki kişi jarohatlanganini aytdi: «Ahvoli örtaça oğirlikdagi ayol 2-sonli şahar kasalxonasiga yotqizildi. Ikki ayol kasalxonaga yotişdan boş tortdi, barça zarur tibbiy yordam joyida körsatildi». Bundan taşqari, gubernatorning sözlariga köra, Belgorodda köp qavatli uydagi törtta xonadon va törtta avtomobil şikastlangan.

Ayni paytda, «Jyest Belgorod» Telegram-kanali portlaş natijasida zarba tölqini ta’sirida avtomobil «Pyateroçka» dökonining tomiga kelib tuşgani haqida yozgan.