Jahon | 08:40 / 21.04.2023
9256
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya Ukrainadan mahsulotlar olib kirishga taqiqni kengaytirdi

Budapesht Ukrainaning 25 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, asal va turli go‘sht mahsulotlarini import qilishni taqiqladi.

Foto: lenta.ua

Vengriya Ukrainadan olib kirish taqiqlanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda 20 aprel, payshanba kuni Vengriya bosh vaziri devoni rahbari Gergeli Gulyash ma’lum qildi. Asal va turli go‘sht mahsulotlari ham taqiqlandi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Taqiq jami 25 ta mahsulotni o‘z ichiga oladi, ulardan eng muhimlari g‘alla, kungaboqar urug‘lari, un, sariyog‘, asal va ba’zi go‘sht mahsulotlaridir», - dedi Gulyash.

Hukumat Vengriya qishloq xo‘jaligi vaziri Ishtvan Nad shunday qadam qo‘yishga chaqirganidan so‘ng taqiqning kengaytirilishini e’lon qildi, deya eslatadi agentlik. Nad, shuningdek, MTI davlat agentligiga Vengriya Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tranzitiga ruxsat berishini, bu yuklar ustidan qo‘shimcha nazoratni ta’minlashini aytdi.

Taqiq joriy yilning 30 iyuniga qadar joriy qilingan. Budapesht, agar Yevropa Ittifoqi vengriyalik fermerlarni himoya qilish choralarini ko‘rmasa, uni uzaytirishga tayyorligini bildirdi, dedi Vengriya Qishloq xo‘jaligi vazirligi davlat kotibi Shandor Farkash.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid