Rossiya orqali qator tovarlarning tranziti taqiqlanishi mumkin
Yevropa Ittifoqi Rossiya orqali tranzit qilinishi kerak bo‘lgan ayrim tovarlar mamlakatda qolib ketayotganini aniqlagan.
Moskvaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi doirasida Yevropa Ittifoqi (YeI) ko‘plab tovarlarning Rossiya orqali tranzitini taqiqlashni rejalashtirmoqda. Muhokamalardan xabardor odamlarga ko‘ra, tranzitni taqiqlash ko‘plab texnologiyalar va boshqa tovarlar, jumladan, bir necha turdagi transport vositalariga ham tatbiq etiladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning harbiy, aviatsiya va kosmik sanoatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tovarlar va texnologiyalar, shuningdek, Moskvaning sanoat salohiyatini mustahkamlashga yordam beradigan tovarlarning tranzitini taqiqlashi mumkin. Polsha, Estoniya va Litva shuni talab qilmoqda. Sanksiyalar, shuningdek, tankerlar va ularning harakatini kuzatish uchun zarur bo‘lgan navigatsiya tizimlarini o‘chirib qo‘yadigan boshqa kemalarni ham nishonga olishi mumkin.
Shu bilan birga, «Rosatom» cheklovlar ostida qolishi dargumon. Chunki, Yevropa Ittifoqiga a’zo ko‘plab davlatlar hamon Rossiya yadro sektoriga qarshi sanksiyalar joriy etishga qarshi.
11-paket 30 ga yaqin yangi ro‘yxatni, shuningdek, bir nechta kompaniya va tashkilotlarga qo‘shimcha cheklovlarni o‘z ichiga olishi kutilmoqda. Sanksiyalar joriy qilinishi uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlarning rozi bo‘lishi kerak.
Bloomberg fikriga ko‘ra, Rossiya sanksiyalarga duchor bo‘lgan bir nechta texnologiyalar bo‘yicha cheklovlarni chetlab o‘tishga erishdi. Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan eng yangi chiplar va integral mikrosxemalar uchinchi davlatlar, jumladan Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog‘iston orqali Rossiyaga yetkazilmoqda.
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan chegaradosh ba’zi davlatlari, jumladan Finlyandiya va Estoniya Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasini oshirgan va bu tovarlar ko‘pincha Rossiya tranzit yo‘llari orqali yetkazilgan. Ayrim tovarlar Rossiyada qolgan yoki uchinchi davlatlardan qayta eksport qilingan.
Mavzuga oid
17:53
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024