Farmonga köra, Jamoatçilik palatasi 50 nafar közga köringan jamoatçilik faollaridan iborat böladi, 3 yillik vakolatga ega böladi, davlat va jamiyat hayoti uçun zarur bölgan ğoyalar, loyihalar, taşabbuslar bilan çiqib, Özbekistonni huquqiy-demokratik davlatga aylanişida muhim öringa ega böladi.

Lekin, mana, uç yil ötdiki, haliga qadar Jamoatçilik palatasi öz faoliyatini boşlamadi. Buning sabablari bir neçta bölişi mumkin. Bir tomondan mulozimlar, byurokratlar “yuqoridan bu haqda söramayaptimi, ularning esiga biz solişimiz kerak emas” degan bölişlari mumkin.

Yoki, ba’zi davlat mulozimlari va davlat muassasalari oliy hokimiyatni Jamoatçilik palatasiga nisbatan salbiy qaraş, sovuq qaraş öyğotgan bölişi ham mumkin. Buni aniq bilmaymiz.

Lekin, aniq narsa şuki, Jamoatçilik palatasi Özbekistonga juda kerak. Aynan, hozirda va keyingi yillarda Jamoatçilik palatasiga bölgan siyosiy, intellektual, ma’naviy ehtiyoj, yanada oşadi.

Mutafakkirlar “millatning, davlatning taqdiri – u bilan boğliq bölgan institutlarga borib taqaladi” deyişadi. Ya’ni, davlatda faoliyat olib borayotgan institutlar davlatning barqarorligi va qudratini, jamiyatning erki va farovonligini, davlat va jamiyat aloqalarining mustahkamligini belgilab beradi.

Institutlar – bu tuşunarli, kelişilgan va tan olingan “öyin qoidalari” hisoblanadi. Institutlarga xalq işonmasa, ular institut böla olmaydi. Agar ular barqaror işlamasa ham, institut deb bölmaydi.

Özbekistonda davlat va jamiyatni boğlovçi, boğlaşi kerak bölgan köplab institutlar, Konstitutsiyada nazarda tutilgan. Bular – parlament, siyosiy partiyalar, vatandoşlik jamiyati institutlari, sud hokimiyati va boşqalar. Lekin, ötgan davrda Özbekistonda uşbu institutlar davlat tomonidan qattiq nazorat qilingani uçun ham, jamiyatdan uzildi va jamiyatga qarşi işlaydigan holatda qoldi. Agar davlatdagi institutlarga xalq, jamiyat işonmasa, davlat va jamiyat örtasidagi munosabatlar asosida işonç emas, ziddiyat va tiraşuv asosiy fundament bölib qolaveradi.

Nima uçun Jamoatçilik palatasiga ehtiyoj oşib boradi? Buning içki va taşqi siyosiy sabablari bor.

Taşqi sabablaridan biri – bu informatsionalizm bilan boğliq holdagi ijtimoiy kayfiyat. Butun dunyoda, hukumatlarning muammoni yeçiş qobiliyatiga nisbatan, odamlarning muammolarni anglaş qobiliyati tezroq ösyapti. Natijada, tanqidiy fikrlaş, ijtimoiy frustratsiya borgan sari kristallaşmoqda.