Jahon | 15:20 / 24.04.2023
8214
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya: Rossiya egallab olgan hududlarida pasportlarini majburan tarqatyapti

Foto: RIA Novosti

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan Ukrainadagi urush bo‘yicha vaziyatning navbatdagi sharhi bosib olingan hududlardagi ukrainaliklarga Rossiya pasportlarining majburiy tarqatilishiga bag‘ishlandi

Bu hududlar aholisi «shubhasiz, Rossiya Federatsiyasi pasportlarini olishga majbur bo‘lmoqda», — deyiladi idoraning Twitter’dagi bayonotida. 

«Rossiya pasportlardan bosib olingan hududlarni «ruslashtirish» vositasi sifatida foydalanmoqda, xuddi 2022 yil fevralidagi bosqindan oldin Donetsk va Luhanskda bo‘lgani kabi», — deya ta’kidlab o‘tdi London. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi 2024 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida bosqinni muvaffaqiyatli deb ko‘rsatish uchun Ukrainaning bosib olingan hududlari integratsiyasini tezlashtirishga intilmoqda.

Mavzuga oid