Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB loyihalari asosida O‘zbekistondagi ta’lim, ekologiya va sog‘liqni saqlash sohalariga 1,1 mln dollar mablag‘ yig‘ilgan
Yevropada Tiklanish va Taraqqiyot Banki xodimlari ta’lim, sog‘liqni saqlash va ekologiyaga qaratilgan uchta xayriya loyihasini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etdi. Bu loyihalar uchun O‘zbekiston va uning tashqarisida yashaydigan vatandoshlardan 1,1 million dollar yig‘ilgan. Bu haqda O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan «Inson kapitali» mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.

Davra suhbati spikeri, Yevropada Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Ozarboyjondagi vakolatxonasi rahbari Kamola Mahmudova O‘zbekistondagi ta’lim, ekologiya va sog‘liqni saqlashga qaratilgan 1,1 million dollar mablag‘ni jalb qilgani haqida so‘zlab, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha xayriya loyihalar qilish ahamiyatiga urg‘u berib o‘tdi.
Ulardan biri – bepul onlayn darslarni taklif etuvchi Khan Academy’ning 26 ta fan bo‘yicha yuzlab kurslari o‘zbek tiliga o‘girilishi hisoblanadi. Dunyoning 50 ga yaqin tiliga o‘girilgan Khan Academy kurslari ichida o‘zbek tili versiyasi eng qisqa vaqt ichida ishlab chiqilgani bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Uzbekistan’s club matbuot xizmatiⓉ
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026