Jahon | 15:05 / 25.04.2023
16271
6 daqiqa o‘qiladi

Donbassda 14 bor «qo‘ldan qo‘lga» o‘tgan qishloq va Baxmut atrofidagi artilleriyachilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 425-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF hukumati Davlat dumasiga Rossiyani tark etganlar uchun 30 foizlik daromad solig‘i joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. RF moliya vazirligi ma’lum qilishicha, bunday tuzatish «mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchi xodimlarga taalluqli bo‘lmaydi».
  • Rossiyada tezkor xodimlar tomonidan tinglangan telefon muloqoti chog‘ida armiya to‘g‘risida «feyk» tarqatish bo‘yicha ishda hukm o‘qildi. Bu ish bo‘yicha sobiq politsiyachi Semiel Vedel (Sergey Klokov) ayblangan, u yetti yilga koloniyaga hukm qilindi.
  • 24 aprelga o‘tar kechasi Ukraina QK annexia qilingan Sevastopoldagi portga dengiz dronlari bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda shaharning Kreml tomonidan tayinlangan gubernatori Mixaylo Razvojayev ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, portlash oqibatida to‘rtta uyning derazalari to‘kilib tushgan. RF mudofaa vazirligi Ukrainani Sevastopolga hujum qilish orqali bug‘doy kelishuvini buzishda aybladi.
  • The Washington Post Amerika razvedkasining harbiy xizmatchi Jyek Teysheyra tomonidan sizdirilgan hujjatlari asosida yozishicha, fevral oyida AQSh Ukrainani Rossiya bosqinining bir yilligi munosabati bilan Moskva va Novorossiyskka zarba berish bo‘yicha rejani o‘zgartirishga ko‘ndirgan. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak buni konspirologiya deb atadi va bunday maqolalar faqatgina «halokatli funksiya»ni bajarishini aytdi: ular G‘arbda «Ukraina go‘yoki jiddiy qurollarni ishonish xavfli bo‘lgan aqlsiz, bachkana va ixtiyorsiz mamlakat» ekani haqida tasavvur hosil qiladi.

Kun kadri. Ukraina qurolli kuchlari askari rossiyaliklar dronini kuzatmoqda

Ukraina QK 57-alohida motopiyodalar brigadasi jangchisi RF armiyasining Baxmut osmonida uchayotgan dronini kuzatmoqda. Ukraina qo‘shinlari Sharqiy guruhi qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning tasdiqlashicha, Ukraina QK Baxmutda nafaqat mudofaalanmoqda, balki faollik bilan qarshi hujumlar uyushtirmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi ham rossiyalik harbiylar ukrain bo‘linmalarining qarshi hujumlarini muvaffaqiyat bilan qaytarayotgani haqida xabar bergan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari 

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK 3-alohida shturm brigadasi jangchisi o‘z quroldoshiga D-30 gaubitsasi uchun snaryad uzatmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK 3-alohida shturm brigadasi jangchilari D-30 gaubitsasidan rossiyaliklarning pozitsiyalarini o‘qqa tutishga tayyorlanmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Donbassdagi Bogorodichne qishlog‘ida urush izlari 

Donetsk oblastining Slovyansk shahridan 20 kilometr masofadagi Bogorodichne qishlog‘ida vayron qilingan cherkov gumbazi. Keng ko‘lamli bosqin boshidan buyon Bogorodichne atrofida shiddatli janglar olib borilgan — qishloq 14 marta «qo‘ldan qo‘lga» o‘tgan  (hozirda Ukraina QK nazoratida). Urushga qadar bu yerda 800 nafar atrofidagi kishi istiqomat qilgan — hozirda amalda to‘liq vayronaga aylangan Bogorodichneda evakuatsiya bo‘lishni istamagan yetti oila yashashda davom etmoqda.
Scott Peterson / Getty Images
Bogorodichnedagi avtobus bekatida qum to‘ldirilgan qoplar
Scott Peterson / Getty Images
Shimoliy Don ustidagi vayron bo‘lgan ko‘prik
Scott Peterson / Getty Images
Bogorodichneda yashovchi Lyubov o‘zining vayron qilingan uyida
Scott Peterson / Getty Images
Bogorodichne atrofidagi yo‘lda bejab tashlangan yo‘l ko‘rsatkich. Ukrainlar urushning ilk kunlarida Rossiya qo‘shinlarini adashtirish uchun yo‘l ko‘rsatkichlarni bo‘yab tashlashga kirishgandi
Scott Peterson / Getty Images

Z belgisi aks etgan bosh kiyimdagi bolani so‘kkan yekaterinburgning qo‘lga olinishi

24 aprel kuni Yekaterinburgda OMON boshida Z belgisi aks etgan shapka bo‘lgan 11 yoshli bolani so‘kkan shaxsni qo‘lga oldi. Mojaro domofon kamerasi orqali videoga tushib qolgan. Bolaning onasi tasdiqlashicha, bu odam bolani shapkasi tufayli «bezovta qila boshlagan», «haqorat qilgan», «tutib olishga harakat qilgan» (videoyozuvda bu aks etmagan). Ayolning aytishicha, bolaning otasi ayni vaqtda Ukrainada jang qilmoqda. Tergov qo‘mitasi tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilgan. Qo‘lga olish jarayonidan ko‘p o‘tmay TQ yekaterinburglik shaxs uzr so‘ragani aks etgan videoni namoyish etdi. «Men bolaga noto‘g‘ri shaklda tanbeh berdim. Buning uchun boladan chin qalbimdan uzr so‘rayman. Men qilgan ishimdan pushaymonman va nohaq bo‘lganimni tan olaman», — deydi yuzi blyur qilingan kishi. Foto: Tergov qo‘mitasining Sverdlovsk oblasti bo‘limi  

Mavzuga oid