2023 yil fevralida Kiyev Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişining bir yilligi munosabati bilan Moskvaga zarba berişni rejalaştirgan edi, deb yozadi The Washington Post AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining maxfiy hisobotiga tayanib.
Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi («GUR») boşliği Kirill Budanov ofitserlardan biriga 24 fevral kuni keng kölamli zarbalarga tayyorgarlik körişni buyurgan, şu qatorda Rossiya Federatsiyasining Qora dengiz porti joylaşgan Novorossiyskka hujum qiliş möljallangan edi, deb yozadi gazeta.
Bu Ukrainaning duşman hududiga çuqur zarba beriş qobiliyatini körsatadigan yirik ramziy operatsiya bölişi nazarda tutilgandi, deya ta’kidlanadi hujjatda.
22 fevral kuni AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) tomonidan e’lon qilingan yana bir maxfiy hujjatda aytilişiça, «GUR» «Vaşington iltimosiga binoan» Moskvaga zarba berişni keyinga qoldirişga rozi bölgan, deb ta’kidlaydi WP.


















