Imomali Rahmon yangi layner sohibi böldi. Navbat Qirğizistongami?
|23:23 / 26.04.202326 67510 min
Tojikiston hukumati Meksika prezidentining qimmatbaho samolyotini sotib oldi. Mamlakat ğaznasiga qariyb 93 million dollarga tuşgan Boeing 787-8 Dreamliner endi Imomali Rahmonga xizmat qilişi kutilmoqda. Qöşni Qirğizistonda esa prezident safarlarga 30 yillik “staj”ga ega samolyotda borib keladi. Ammo OAVdagi xabarlarga köra Sadir Japarov uçun ham allaqaçon yangi uçoq oliş harakati boşlangan.
Na Obama va na Trampda yöq samolyot
Matbuotdagi xabarlarga köra, şu paytgaça mamlakat rahbarining samolyoti bölmagan. Biroq oçiq manbalarda Imomali Rahmon bir paytlar Tu-154 uçoğidan foydalangani haqida ma’lumot bor. Ammo bu havo kemasi prezident samolyoti sifatida neça yil davomida xizmat qilgani noma’lum.
Foto: Özbekiston prezidenti matbuot xizmati
Imomali Rahmon Somon Air aviakompaniyasining tijoriy reyslaridan foydalanib kelgani aytiladi. Prezident uçun Boeing 737-800 rusumidagi uçoq maxsus zaxiraga olingan.
«Odatda davlat rahbarlari şaxsiy uçoqlarida uçişadi. Biroq Tojikiston prezidenti haligaça bunday imtiyoz, ustunlikni öziga ravo körmaydi, bu Tojikiston uçun ortiqça xarajat deb hisoblaydi”, deya Tojikiston prezidenti matbuot xizmati rahbari Abdufattoh Şarifzodadan iqtibos keltirgandi Asia Plus naşri 2013 yilgi xabarida.
Foto: Özbekiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikistonning 28,5 yillik prezidentining hayotga qaraşlari özgargan çoği dunyodagi eng qimmat prezident layneri deya e’tirof etilgan
Mavzuga oid
uçoq bundan buyon unga tegişli. 2012 yilda buyurtma qilinib, Meksikaga 2016 yilning fevralida olib kelingan Boeing 787 drimlaynerining tannarxi 218,7 mln dollar bölsa-da, qöşimça jihozlanişi bilan birga u 600 mln dollarga tuşgani
Uzunligi 57, eni 60 metrli ulkan drimlayner 80 kişiga möljallab jihozlangan. Bortda alohida vannaga ega bölgan prezident lyuks xonasi va yotoqxonasi mavjud. Prezident uçun möljallangan xonada yuguriş yölakçasi, sun’iy yöldoşga ulangan telefon, 360 darajagaça aylanadigan divan va kreslolar örnatilgan.
Dunyodagi eng qimmatbaho prezident layneri sifatida tan olingan, haşam bobida Saudiya Arabistoni qiroliga tegişli uçoqni ham ortda qoldirgan havo kemasi intereriga xaridor talabiga köra ança qimmatbaho bezaklar işlatilgan. Meksikaning hozirgi prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador uşbu lavozimga saylangandan söng undan foydalanişni istamagan, özining saylovoldi piar kompaniyasini na Barak Obama va na Donald Trampda bunday uçoq yöqligini ta’kidlaş atrofiga qurgan Obradorga sözining ustidan çiqiş oradan salkam beş yil ötibgina nasib qilmoqda.
Foto: Twitter / Hacienda_Mexico
Foto: Twitter / Hacienda_Mexico
Ekspertlar samolyotni 300 yölovçini taşiy oladigan odatiy layner sifatida qayta jihozlaş ança qimmatga tuşişini ta’kidlaşgan. Şundan söng u sotuvga qöyilgandi.
Drimlayner soatiga 1609 kilometr tezlikda va Amerika qirğoqlaridan to Osiyo qirğoqlarigaça qayta yoqilği quymasdan parvoz qila oladi.
Foto: UNOPS
Meksika hukumati 2018 yildayoq samolyot sotilganini e’lon qilgan bölsa-da, amalda bu xabar tasdiğini topmagan. 2019 yili Meksika prezidenti uçoqni AQŞga 130 mln dollarga sotib olişni taklif qilgan. Xaridor topilmagani uçun hatto hukumat prezident samolyotini lotereyaga tikmoqçi bölgan.
Foto: Reuters
Foto: Reuters
2020 yildan buyon Kaliforniyadagi Boeing angarida qolayotgan bahaybat laynerni saqlab turiş xarajatlari Meksika hukumatiga kuniga 4000 dollarga tuşgani aytiladi.
Qayd etilişiça, hozirça Tojikiston hukumati Meksika prezidenti samolyotini sotib olganini tasdiqlagani yöq. Şuning barobarida, bu boradagi xabarlarni rad etib ham çiqmagan.
Tanqidlar girdobidagi prezident
Tojikistonga qöşni Qirğiziston prezidentida ham qimmatbaho uçoq yöq. Qirğiz prezidentlari safarlarga 1993 yilda işlab çiqarilgan Tu-154 samolyotlarida borib-kelişgan. Bugungi kunda birinçi raqamli bortga Air Kyrgyzstan aviakompaniyasi xizmat körsatadi.
Illyustrativ surat Foto: Kaktus.media
Bir paytlar Qirğiziston prezidentining uçoği bilan boğliq favqulodda vaziyat ham sodir bölgan. 2006 yilning sentabrida Bişkekdagi Manas aeroportida Öşdan mamlakat poytaxtiga kelayotgan Tu-154 samolyoti AQŞ harbiy havo kuçlarining KC-135 Stratotanker uçoği bilan töqnaşib ketadi. Baxtli tasodif tufayli yölovçilar va ekipaj a’zolari omon qolişadi.
Foto: Kyrgyzstan aviakompaniyasi
Töqnaşuv oqibatida xorijiy safarlar paytida Qirğiz prezidenti foydalanadigan laynerning qanot konstruksiyasi zarar köradi. AQŞ harbiy uçoğining çap qanotidagi birinçi dvigatel işdan çiqadi. Tabiiyki, bu kam sonli havo kemalariga ega mamlakat uçun katta yöqotiş bölgandi. 2006 yilning dekabrida Rossiya Qirğizistonga yangi bölmasa-da, boşqa bir Tu-154 samolyotini hadya qilgandi.
Rossiya Qirğizistonga sovğa qilgan Tu-154 uçoği Foto: Kaktus.media
2002 yilda kapital ta’mirdan çiqqan va 2012 yilgaça bemalol parvoz qila olişi ta’kidlangan samolyot hozirgaça Qirğiziston rahbari uçun birinçi raqamli bort sifatida xizmat qilib kelmoqda. Mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarov ötgan yilning sentabrida Şanxay hamkorlik taşkilotining Samarqand sammitiga Tu-154 laynerida kelgandi. Biroq hukumat prezidentning olisdagi xorijiy safarlari uçun boşqa uçoqlarni ijaraga ola boşlagan. Buning öziga xos sabablari bor, albatta.
Sadir Japarovning 2022 yilgi AQŞga safari uçun ijaraga olingan Bombardier Global Express XRS layneri içki körinişi Foto: Kaktus.media
Sadir Japarovning 2022 yilgi AQŞga safari uçun ijaraga olingan Bombardier Global Express XRS layneri içki körinişi Foto: Kaktus.media
1993 yilda işlab çiqarilgan, 30 yildan beri foydalanişda bölgan prezident samolyoti allaqaçon ma’nan eskirgan. Garçi texnik köriklar öz vaqtida ötkazib kelinayotgan bölsa-da, bunday uçoqda prezidentning xorijga borib-kelişi katta tavakkalçilikdan boşqa narsa emas. 2021 yildayoq ekspertlar u yana bir yil parvoz qila olişini aytişgan. Ta’kidlanişiça, eski samolyotga texnik xizmat körsatiş yildan yilga qimmatga tuşmoqda.
2010 yili Polşa prezidenti Lex Kaçinskiy, rafiqasi va hukumat mulozimlaridan iborat 96 kişini olib ketayotgan xuddi şunday layner Smolenskda, 2016 yili boşqa bir Tu-154 Qora dengizda halokatga uçragaç, Rossiya mudofaa vaziri Serguy Şoygu ayni rusumdagi samolyotlardan foydalanmaslikni taklif qilgandi.
Qolaversa, 2021 yilning noyabrida Buyuk Britaniya hukumati iqlim özgarişi böyiça sammitga borayotgan Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning samolyotini mamlakatga kiritişga ruxsat bermagan, bunga Tu-154 samolyotining texnik normalari Yevroittifoq va Buyuk Britaniya qabul qilgan normalarga javob bermasligini sabab qilib körsatgandi. Natijada Qirğiziston prezidenti Glazgoga yetib oliş uçun Embraer Lineage 1000 xususiy samolyotini yollaşga majbur bölgandi.
Sadir Japarovning xorijiy safarlari uçun bir neça marta ijaraga olingan Embraer Lineage 1000 uçoğining içki körinişi Foto: 24.kg
Sadir Japarovning xorijiy safarlari uçun bir neça marta ijaraga olingan Embraer Lineage 1000 uçoğining içki körinişi Foto: 24.kg
Bu voqeadan söng Sadir Japarov xorijiy safarlarga asosan ijaraga olingan uçoqlarda borib kelmoqda. AQŞ, Qatar, Şotlandiya, Xitoyga safarlar şular jumlasidan. Tabiiyki, xususiy laynerni ijaraga oliş arzonga tuşmaydi. Bu esa qirğizistonliklar örtasida muhokamalarga sabab bölib kelmoqda.
Garçi prezident matbuot xizmati ijara tölovlari uçun mamlakat budjetidan pul ketmayotgani, xarajatlar katta emasligi, asosan yoqilği uçun pul tölanişi, bu ham budjetdan taşqari jamğarmalar hisobidan qoplanişini ta’kidlab kelayotgan bölsa-da, jamoatçilik bunga işonmaydi. Jurnalistlar hatto oçiq ma’lumotlarga tayanib Japarov parvoz qilgan samolyotlar ijarasi qançaga tuşganini ham hisoblab çiqişgan. Tanqidlar ortidan prezidentning parvozlari haqidagi ma’lumotlar maxfiylaştirildi.
Prezident laynerini yangilaş haqida Qirğizistonda Söronboy Jeenbekov davridan, ya’ni 2018 yildan buyon aytib kelinadi. OAV 2019 yili Tu-154 zamonaviy Boingga almaştirilişi mumkinligi haqida yozgandi.
Bombardier Global Express XRS Foto:Jetcraft.com
Embraer Legacy 1000 Foto: Globaljet.aero
Sönggi ma’lumotlarga köra, Qirğiziston prezidenti uçun Bombardier Challenger yoki Embraer Legacy rusumli uçoqlardan biri lizing asosida sotib olinişi mumkin. Bu haqda Sadir Japarovning matbuot kotibi ma’lum qilgan. Boşqa bir xabarda Qirğiz prezidenti Nyu-Yorkka borib-kelgan Bombardier Global Express XRS uçoğini birinçi raqamli bortga aylantiriş niyatida ekani qayd etilgan.
Samolyotning aniq narxi e’lon qilinmagan. Oçiq manbalardagi ma’lumotlarga köra, 2013 yilda işlab çiqarilgan Embraer Legacy 1000 rusumli uçoq 53 mln dollar, 2010 yilgi Bombardier Global Express XRS esa 17,5 mln dollar turadi. Har ikki havo kemasining birlamçi komplektatsiyasida sun’iy yöldoşga ulangan telefon, video-köngiloçar tizim va boşqa qurilmalar mavjud. Laynerning texnik holati, örnatilgan jihozlar hamda işlab çiqarilganidan buyon qança muddat parvoz qilganiga qarab uning qiymati çiqariladi.
Qiziqarli faktlar
Imomali Rahmon boşqa davlat rahbarining samolyotini sotib olgan yagona prezident emas. Turkmaniston boşqaruviga Gurbanguli Berdimuhammedov kelgaç salafining VIP Boeing 767-300ER laynerini Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga pullab, öziga esa yangi Boeing 777-200 sotib oladi.
Saparmurat Niyazovning samolyoti qançaga sotilgani oşkor qilinmagan. Sun’iy yöldoşli telefon hamda havo hujumidan mudofaa tizimi bilan jihozlangan uçoqning narxi öşa paytdagi bozor bahosi böyiça 124-160 mln dollar turgani aytiladi.
Qozoğistonda prezident va hukumat rahbari uçun öndan ziyod havo transporti, jumladan, Airbus A330-243, Airbus A321-211, Airbus A320-214, Il-76, Embraer-135, SRJ-200 va Mi-8 xizmat körsatadi.
Özbekistonda birinçi raqamli bort 2019 yilda sotib olingan Boeing 787-800 VIP drimlayneri hisoblanadi. Şuningdek, Boeing 767-300ER hamda Airbus A320 prezident va boş vazir foydalanişi uçun ajratilgan.
Turkmaniston prezidentida Boeing-777-200 samolyotidan taşqari, Boeing 737-700 , Challenger 870, 2 Challenger-605 va BAe 125 uçoqlari, AgustaWestland AW-101 rusumidagi vertolyot bor.
Örtaça hisobda prezident samolyotlarida yotoqxona, konferens-zal, maxfiy sözlaşuvlar uçun yaxşi himoyalangan xona, prezident ofisi, hordiq çiqariş joylari böladi. Ayrim davlat rahbarlarining laynerlarida esa trenajyor zali (Rossiya), fontan (Saudiya Arabistoni), yadro hujumidan elektromagnit himoya tizimi (AQŞ), mini-operatsiya bloki (Fransiya, AQŞ, Bahrayn) mavjud.