Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş assambleyasida iştirok etiş uçun, şuningdek, MDH davlat rahbarlarining Soçidagi sammitida qatnaşiş uçun rossiyalik oligarx Alişer Usmonovning Airbus A-340-300 samolyotidan foydalandi.
Keyinroq Uzbekistan airways milliy aviakompaniyasi samolyot ijaraga olingani haqida e'lon qildi.

Ma'lumki, Özbekiston davlat va hukumat rahbarlariga xizmat körsatiş uçun milliy aviakompaniyamiz aviaparkaida Boeing-767-300, Boeing-757-200, Airbus A-320, Avro RJ-85 kabi samolyotlar xizmat körsatib kelardi. Ularning içida eng yirigi UK67000 raqamli Boeing-767-300 samolyoti eng uzoği bilan 9700 km masofaga uça oladi. Toşkentdan Nyu-Yorkkaça havo orqali masofa esa 10 ming 200 kilometrdan ziyod. Ya'ni, Boeing-767-300 samolyotida bunday masofaga parvozni örtada yoqilği quyiş uçun qönişsiz amalga oşirib bölmaydi. Alişer Usmonovga tegişli Airbus A-340-300’ning uçiş masofasi 13 ming 700 kilometrni taşkil etadi.

Toşkentdan Nyu-Yorkkaça «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining Boeing-767-300 samolyotlari reyslari Latviya poytaxti Riga şahrida qönib ötiş orqali amalga oşirib kelinardi. Milliy aviakompaniya 13 ming 600 km masofaga töxtovsiz uça oladigan Boeing-787-8 Dreamliner samolyotlarini xarid qilgaç, Nyu-Yorkka töğridan-töğri uçiş imkoniyati paydo böldi.
Boing 767 ham, 787 ham ikki motorli turboreaktiv samolyot hisoblanadi. Umuman, jahondagi yetakçi davlat rahbarlari foydalanadigan samolyotlarga e'tibor bersangiz, ularning aksariyati 4 motorli yoki kamida uzoq masofaga uça oladigan samolyotlardir. Samolyotning aynan 4 motorli bölişi uzoq parvozlar çoğida xavfsizlikni ta'minlaş uçun tanlangan. Çunki 2 motorli samolyotda motorlardan biri işdan çiqsa, samolyotni zudlik bilan qöndirişga töğri keladi. 4 motorli samolyotlar esa 3ta motor bilan ham parvozni bemalol davom ettira oladi.
Keling, bahonada jahondagi yetakçi davlatlar rahbarlari qanday rusumdagi samolyotlardan foydalanişini körib çiqamiz.
Rossiya Federatsiyasi































