Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Joriy yil 19 aprel kuni Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Port Group” kompaniyasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasida transport-logistika sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va “Shandong Port Group” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Shandun provinsiyasining yirik portlari rahbarlari, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Shandong Port Group” kompaniyasining Xitoyning Shandon viloyatidagi dengiz portlari salohiyati to‘g‘risida yurtimiz tadbirkorlari uchun taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Shandun port guruhi 2019 yil avgust oyida Shandun provinsiyasining asosiy portlari: Tsindao, Jichjao, Yantay va Boxay port guruhini birlashtirish orqali tashkil etilgan. Xolding 12 biznes segmentida faoliyat yuritadi: yuk tashish, savdo, logistika, ilmiy-texnik taraqqiyot, asbob-uskunalar ishlab chiqarish, xorijda rivojlanish, investitsiyalarni boshqarish, port qurilishi, shahar va sanoat integratsiyasi, kruizlar, madaniyat va turizm, kasb-hunar ta’lim va sog‘liqni saqlash.

2022 yil oxirida guruh terminallarining o‘tkazish quvvati 1,6 milliard tonna yukga yetdi, konteynerlarni tashish hajmi esa 37 million TEUʼdan oshdi. Kompaniyaning 21 ta yirik port hududi, 360 ta ishlab chiqarish joylari va 320 dan ortiq konteyner tashish yo‘nalishlari mavjud. Bosh qarorgohi Tsindao shahrida joylashgan bo‘lib, guruh xodimlari soni 60 ming kishidan oshadi
Tadbirda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati va tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, iqtisodiy erkinlik yaratish va tadbirkorlikni huquqiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar, respublikamizning turizm salohiyati, logistika va transport sohalarida Xitoy bilan hamkorlik istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, forum ishtirokchilari e’tiboriga Shandun portlari va O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati to‘g‘risida taqdimot va videoroliklar namoyish etildi.

Bundan tashqari, biznes-forum doirasida V2V muzokaralari ham bo‘lib o‘tdi, unda tadbirkor va investorlar to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, manfaatlar kesishgan nuqtalarni topish va logistika sohasida yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2017 yilda 4,8 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 8,9 milliard AQSh dollariga yetdi va shu orqali 185 foizga o‘sdi. Jumladan, eksport hajmi 23,4 foizni, import hajmi esa 134,7 foizni tashkil etdi.
Reklama
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
Iqtisodiyot | 17:58 / 01.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘chqorov elchi Fuk bilan uchrashdi: Fransiya bilan DXSh loyihalari kengayadi
Iqtisodiyot | 09:40
-
Tramp Nyu-Yorkka moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qildi
Jahon | 09:27
-
Farg‘onada chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona qurilishiga start berildi
O‘zbekiston | 09:19
-
To‘qqiz davlat firibgarlarga qarshi keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazdi
Jahon | 09:17
Mavzuga oid
22:36 / 02.11.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
18:37 / 02.11.2025
Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin
17:12 / 25.10.2025
O‘zbekiston va BMT o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Hadli dastur imzolandi
22:10 / 23.10.2025