Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh generali: Ukrainaga qarshi hujum uchun qurol o‘z vaqtida beriladi
Harbiy texnikaning 98 foizdan ortig‘i allaqachon Kiyevga yetkazilgan, dedi amerikalik general Kristofer Kavoli.
Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qurollarni o‘z vaqtida oladi. Bu haqda 26 aprel, chorshanba kuni NATOning Yevropadagi ittifoqchi qurolli kuchlari oliy qo‘mondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli ma’lum qildi.
AQSh Kongressi Vakillar palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasidagi eshituvlarida so‘zga chiqqan Kavoli va’da qilingan harbiy texnikaning 98 foizdan ortig‘i allaqachon Kiyevga yetkazilganini ta’kidladi. «Men ularga kerakli materiallarni yetkazib berganimizga qat’iy ishonaman va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun yetkazib berishda davom etamiz», dedi u.
Kavolining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga 50 dan ortiq xalqaro donorlar tomonidan ko‘rsatilgan moddiy yordam mashg‘ulotlar bilan birga ukrainalik harbiylarning jang maydonidagi muvaffaqiyati uchun juda katta va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan.
«Qish mavsumida koalitsiyamiz Ukraina Qurolli kuchlariga Ukraina suveren hududining ayrim qismlarini himoya qilish va qaytarib olish uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berdi», — deya ta’kidladi harbiy rahbar va ukrainalik sheriklar ko‘rsatilayotgan yordamdan muvaffaqiyatli foydalanayotganini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026