Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga 370 mingga yaqin harbiy jalb etilgan - MMC
Rossiya armiyasi Ukraina bilan urushda 369 ming shaxsiy tarkib va 5900 taga yaqin og‘ir qurollardan foydalanyapti. Bunday ma’lumotlar Military Media Center (MMC) - Ukraina Mudofaa vazirligi qoshida faoliyat yurituvchi platforma tomonidan taqdim etilgan.
Foto: Reuters
MMS ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirishda 48 ta brigada va 122 ta polkdan foydalanmoqda.
MMS tahlilchilari fikricha, Kremlning bu urushdagi rejasi Ukraina rahbariyatini kuch bilan muzokaralarga ko‘ndirish bo‘lib qolmoqda.
«Dushmanning asosiy maqsadi - Baxmut, ya’ni bu shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish bo‘lib qolmoqda. Dushman mintaqaning boshqa shaharlari - Avdiyivka va Marinkani ham egallashga urinishda davom etadi», - deyiladi xabarda.
Bundan oldin The Wall Street Journal Eron so‘nggi 6 oy ichida Rossiyaga 300 mingdan ortiq artilleriya snaryadlari va million dona patronlar yetkazib berganini ma’lum qilgandi.
Nashrning ta’kidlashicha, Eron qurollari Rossiya Federatsiyasiga Kaspiy dengizidagi yuk kemalarida kelgan.
Mavzuga oid
13:55
Tramp: Ukraina bo‘yicha muzokaralar ustuvor yo‘nalishlar ro‘yxatida “juda yuqori” o‘rinda
13:21
OAV: Ukraina frontda nemis “mini-Taurus”larini ommaviy qo‘llayapti
12:31
Germaniya Ukrainaga gaz yetkazib berayotgani haqidagi da’volarni rad etdi
14:37 / 03.03.2026