Jahon | 08:32 / 27.04.2023
7218
2 daqiqa o‘qiladi

YeI yana Ukraina uchun o‘q-dorilar sotib olish bo‘yicha bir qarorga kelolmadi

Yevropa Ittifoqi davlatlarining elchilari Ukraina uchun birgalikda o‘q-dorilar sotib olish bo‘yicha yana kelisha olmadilar va 28 aprel kuni murosaga erishiladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas, deb xabar beradi Polshaning RMF FM radiostansiyasi. 

Foto: Alex Brandon/dpa/AP/picture alliance

Uning eslatishicha, Bryussel Kiyevga yil oxirigacha YeI mamlakatlari omborlaridan ham, qo‘shma xaridlar doirasida ham 1 million o‘q-dori topshirishga va’da bergan. Biroq, shu kungacha YeI davlatlari 40 mingdan kam o‘q-dorilarni jo‘natgan. 

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel avvalroq ishtirokchi 27 davlat mudofaa vazirlarini ushbu muammoga e’tibor qaratishga chaqirgan edi. 

Chaqiriqning mohiyati shundan iboratki, ular o‘z zaxiralarini ko‘rib chiqishlari kerak, chunki ularda hech narsa qolmaganiga ishonish qiyin, dedi G‘arb diplomatlaridan biri RMF FM'ga. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma xaridlarni Fransiya to‘sib qo‘ygan, u o‘q-dorilarni ishlab chiqarish va yetkazib berishning barcha zanjirlari Yevropada bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda. 

Agar ishlab chiqarish Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birida joylashgan bo‘lsa va porox Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan bo‘lsa ham, Parij rozi bo‘lmaydi, deya ta’kidladi manba. 

“Yevropa qurol-yarog‘ sanoatini bu tarzda belgilab bo‘lmaydi, aks holda biz Ukrainani hech qachon o‘q-dorilar bilan ta’minlamaymiz”, — deya ogohlantirdi diplomat.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid