Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: YeKPA rezolyutsiyasi Rossiyani Ukrainadagi jinoyatlar uchun jazolashga yordam beradi
Ukraina prezidenti ukrainalik bolalarning Rossiyaga zo‘rlik bilan olib ketilishi genotsid deb tan olinuvchi YeKPA rezolyutsiyasining qabul qilinishini olqishladi.
Yevropa Kengashi Parlament assambleyasining (YeKPA) Strasburgdagi sessiyasida Rossiya tomonidan ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda genotsid alomatlari borligini belgilovchi rezolyutsiyaning qabul qilinishi Rossiya va uning prezidentini Ukrainadagi jinoyatlar uchun jazolashga yordam beradigan “muhim siyosiy natija”dir. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 aprel, payshanba kuni an’anaviy kechki videomurojaatida aytib o‘tdi.
"Bu bizning qit’amizdagi davlatlarni birlashtirgan bunday yuksak xalqaro tashkilot darajasida ushbu faktning birinchi marta e’tirof etilishidir. Amaliy nuqtayi nazardan, bu qaror Rossiya va uning rasmiylarini, jumladan, davlat rahbarini aynan genotsid, Ukrainaga qarshi genotsid siyosati uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha global ishimizga sezilarli yordam beradi", dedi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik bolalar deportatsiyasi Rossiyaning Ukraina xalqining o‘ziga xosligini yo‘q qilishga, ukrainaliklar mohiyatini yo‘q qilishga urinishining “yaxshi o‘ylangan” elementlaridan biridir. "Bu Rossiya rasmiylari tomonidan qasddan sodir etilgan genotsid jinoyati - buni siyosiy va huquqiy jihatdan mana shunday kvalifikatsiya qilish kerak", dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026