13:50 / 01.05.2023
18810

Umanda halok bo‘lgan bolalar bilan vidolashuv va Donbassdagi qaynoq nuqtalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 431-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligida Sergey Shoyguning ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi — Mixail Mizinsev o‘rniga Rosgvardiya raisi o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksey Kuzmenkov tayinlandi.
  • Ukraina qurolli kuchlari Sevastopoldagi neft bazada ro‘y bergan yong‘inni Ukrainaning qarshi hujumiga tayyorgarlikning «elementlaridan biri» deb atadi.
  • Bryansk oblastida chegaradagi qishloq o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi halok bo‘ldi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayangan holda, rossiyalik komandirlar intizomni buzganlarni zindonga (yer chuqur kavlanib, usti panjara bilan yopilgan qamoqxona) tashlayotgani haqida xabar qildi.

Uman. Raketa zarbasidan halok bo‘lgan bolalarning dafn marosimi

28 aprelga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Cherkass oblastining Uman shahridagi to‘qqiz qavatli uyga raketa zarbasi yo‘llagandi. Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, jumladan olti bola ham — ularning uch nafari o‘g‘il bolalar (bir yarim, 16 va 17 yoshlarda) va uch nafari qiz bolalar (8, 11 va 14 yoshlarda). Zarba oqibatida 9 qavatli uyning 109 kishi yashagan pod’yezdida kvartiralarning yarmi to‘liq vayron bo‘lgan. Xarobalar ostidan 17 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Yana ikki ayol bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Apolyanka qishlog‘i Uman shahridan yarim soatlik masofada. Suratda erkak kishilar Umandagi ko‘p qavatli uy Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilishi qurboniga aylangan sakkiz yoshli Ulyana Troychuning jasadi solingan tobutni olib ketishmoqda.
Roman Pilipey / Getty Images
Sakkiz yoshli Ulyana Troychukning dafn marosimiga kelgan yaqinlari va do‘stlari
Roman Pilipey / Getty Images
Uman. Mahalliy aholi Rossiya raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan 11 yoshli Sofiya Shulga va 17 yoshli Kirilo Pisarevni dafn etishmoqda. Foto: Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya zarbasi qurboni bo‘lgan Sofiya Shulganing ukasi uning tobuti ustida yig‘lamoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Avdiyivka atrofidagi ukrain artilleriyachilari

Ukrain harbiylari Donetskdan taxminan 25 kilometr masofadagi Avdiyivka shahri atrofidagi jangovar pozitsiyada minomyot snaryadlarini jangga tayyorlamoqda 
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrain harbiylarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

Baxmut atrofidagi panagohda dam olayotgan ukrain harbiysi
Libkos / AP / Scanpix / LETA

 

Ukraina QK jangchilari transheya (xandaq)da
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Artilleriya zarbasidan keyin chiqqan yong‘in
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Frontning turli nuqtalaridagi ukrain harbiylari

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top