O‘zbekiston | 20:55 / 02.05.2023
12763
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda elektrobuslar ishini to‘g‘ri tashkil etmagan xodimlar jazolandi 

Mas’ul xodimlarga qat’iy chora ko‘rilib, mehnat shartnomasi bekor qilingan, shuningdek, xayfsan intizomiy chorasi qo‘llangan. 

Foto: Toshshahartransxizmat

«Toshshahartransxizmat» AJ xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda jamoat transporti tizimida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan. 

Unda mas’ul xodimlarga qat’iy chora ko‘rilib, mehnat shartnomasi bekor qilingan, shuningdek, xayfsan intizomiy chorasi qo‘llangan.

Jumladan, avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqargan haydovchi T.N., shuningdek, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz yondashgan, avtobuslar harakatini xavfsiz tashkil etish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida yetarli darajada yo‘riqnoma o‘tkazmagan, avtobuslardagi reklama bannerlarini joylashtirilishiga sovuqqonlik bilan yondashgan, yo‘nalish avtobuslari va elektrobuslari ishini to‘g‘ri tashkil etmagan xodimlar jazolangan. 

Masalan, «2-Avtobus saroyi» filiali direktori o‘rinbosari va harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, filial direktoriga xayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan. 

«1-Avtobus saroyi» filiali direktori o‘rinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, filial direktoriga xayfsan intizomiy chorasi ko‘rildi. 

«7-Avtobus saroyi» filiali direktori o‘rinbosariga xayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan, reklama joylashtirish bo‘yicha mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. 

1-, 2-, 5-, 7-, 8-, 12-, va 18-Avtobus saroyi filiali bosh muhandislariga xayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan. 

Shuningdek, barcha avtobus saroyi rahbarlariga yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzilariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsad ekani, yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borish bo‘yicha topshiriq berilgan. 

Mavzuga oid